Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida hal etiladigan vazifalar.
Auditorning vazifalari
|
Tekshiriladigan masalalar
|
1. Moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish va nazorat qilishning holatini tekshirish.
|
Korxona aktivlarini moliyaviy qo’yilmalar qatoriga olib borishning to’g’riligi.
Muomalalarni hujjatlashtirishni tekshirish.
Moliyaviy qo’yilmalarni baholashning to’g’riligi.
Moliyaviy qo’yilmalarni inventarizatsiya qilish.
Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi.
|
2. Moliyaviy qo’yilmalar harakatini buxgalteriya hi-sobida aks ettirishga doir muomalalar sintetik hisobining to’liqligi va to’g’-riligi hamda soliq qonun-chiligiga rioya qilinishini tekshirish
|
Moliyaviy qo’yilmalar kirimi va hisobdan chiqarilishini sintetik hisob registrlarida aks ettirish.
Qimmatli qog’ozlar analitik hisobini tashkil etish.
Moliyaviy qo’yilmalarni hisobdan chiqarishga doir muomalalar bo’yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishi.
Qimmatli qog’ozlar qadrsizlanishining oldini olish maqsadida rezerv tashkil etishga doir muomalalarni aks ettirish.
Qarz shartnomasi bo’yicha berilgan mablag’lar hisobi.
|
3. Moliyaviy qo’yilmalarga doir daromadlarning to’liq aks ettirilishi va ularning soliqqa tortilishini tekshirish
|
Hisoblangan daromadlarni aks ettirish.
Ushbu muomalalarni soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish.
|
2. Moliyaviy qo’yilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda qo’llaniladigan ma’lumot manbalari.
Moliyaviy qo’yilmalarni auditorlik tekshiruvda foydalaniladigan axborot manbalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
moliyaviy qo’yilmalarni buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa tortishni, hamda auditorlik tekshiruvidan o’tkazishni tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;
buxgalteriya hisobotlari;
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i;
moliyaviy qo’yilmalarni hisobga oladigan sintetik va analitik hisob registrlari;
moliyaviy qo’yilmalarni aks ettiradigan dastlabki hujjatlar.
Moliyaviy qo’yilmalar auditining ketma ketligi:
A. Umumiy muolajalar. Testlar nazorat quroli.
Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT);
Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT);
Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili;
Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili;
Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish;
Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarning bir xilligini tekshirish;
Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash.
|