|
R. D. Dusmuratov, sh. N. Fayziev, A. A. Karimov
|
bet | 67/121 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #148537 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.orgnomoddiy aktivlarga doir hisobot shakllarining ko’rsatkichlari;
hisobot ma’lumotlari va bosh daftar;
hisob registrlarining ko’rsatkichlari.
Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), nomoddiy aktivlar schyotlari (0410-0490) va nomoddiy aktivlar eskirishi schyotlari (0510-0590) bo’yicha sintetik hisob registrlari, nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan kartochkalar (NMA-1 shakl) dan foydalaniladi.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning umumiy chizmasini quyidagicha aks ettirish mumkin.
Nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidagi audit amallari
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog’liq.
Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar bo’yicha schyotlar bog’lanishi va asos bo’luvchi dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilishining to’g’riligini tekshirish
Muomalalar mazmuni
|
№21-BHMS bo’yicha
|
Korxonada tuzilgani
|
|
Schyotlar bog’lanishi
|
yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar
|
Schyotlar bog’lanishi
|
Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar
|
|
Dt
|
Kt
|
|
Dt
|
Kt
|
|
1. Nomoddiy aktivlar dastlabki qiymati bo’yicha (haqiqiy tannarxi bo’yicha) sotib olinganida
|
0410-0490
|
0830
|
Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi
|
04
|
76
|
Nakladnoy, ish vaqtini hisobga olish tabeli
|
2. Korxonaning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarni haqiqiy tannarxi bo’yicha kirimga olish
|
0410-0490
|
0830
|
Ilmiy-tadqiqot ishlanmalar dasturlari, loyiha-smeta hujjat. NA qa-bul qilish-top-shirish dalolat.
|
04
|
23
|
Ishbay ish uchun naryad, tabel, dalolat-
noma
|
3. Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo’lingan aktsiya qiymatini to’lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlar-ni kirim kilish
|
0410-0490
|
4610
|
Ta’sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi
|
04
|
85/3
|
Dalolatnoma, bux. ma’lu-motnomasi
|
4. Ekspert bahosi bo’yicha tekinga yoki hukumat organining subsidiyasi sifatida olinganda
|
0410-0490
|
8530
|
Tekinga berish to’g’risida shart-noma, Q. Q-T dalo-latnomasi, NA qayta baholash dalolatnomasi
|
04
|
85/3
|
Shartnoma, bux. ma’lu-motnomasi
|
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
№21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo’yicha schyotlar bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi.
|
| |