ichida qolgan, buzilgan himoya inshootlari ostida qolgan fuqarolarni qutqarish va
boshqa ishlarni bajarish mumkin.
Bajariladigan ishlarni xarakteriga qarab mexanizmlarni quyidagi guruxlarga
bo’lish mumkin:
Bosib qolgan qimoya inshootlarini ochish, to‘silib qolgan, bosib
qolgan joylarni ochish va tozalash, yo‘llarni tozalashda
ishlatiladigan mashina va mexanizmlar (ekskavatorlar,
traktorlar,
buldozerlar, kranlar, yuk tashuvchi mashinalar va boshqalar).
Bosib qolgan chiqish joylari to‘silib qolgan inshootlarda teshik ochish
uchun ishlatiladigan pnevmatik jiqozlar (parmalaydigan va urib
sindiriladigan bolg‘alar).
Metallarni kesuvchi jiqozlar.
Suv xaydaydigan mexanizmlar (nasoslar, suv sepadigan mashinalar,
yong‘inni o‘chiruvchi va boshqalar).
Suv yo‘llari orqali tashuvchi mexanizmlar (paromlar, trayler-
tyagachlar, yuk tashuvchi priseplar).
Ta'mirlovchi va xizmat qiluvchi jiqozlar (ta'mirlovchi qismlar, benzin,
suv quyish, yorituvchi maskanlarda va xizmat ko‘rsatuvchi
maskanlarda qo‘llaniladigan jiqoz va mexanizmlar).
QBTI ishlarini muvaffaqiyatli bajarishda mexanizm va mashinalardan oqilona
foydalanishdan tashqari, razvedka ishlarini o‘z vaqtida tashkil etib o‘tkazishi,
ko‘rsatilgan muddatda ishonchli ma'lumotlarga ega bo‘lishi, shikastlangan
o‘choqda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarga tuzilmalarni jalb etilishi, ishlarni
bajarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi, tuzilma boshliqlarining
shikastlangan o‘choqdagi ishlarning tavsifini oldindan o‘rganishi, kommunal-
eneregetik va texnologik jarayonlarga e'tibor berishi, xududda saqlanadigan
KTZM (kuchli tasir etuvchi zaxarli moddalar) o‘rni, ximoya inshootlarining joyi,
tavsifnomasi va boshqa vazifalarga katta e'tibor beriladi.
QBTI ishlari o‘sha ob'ektning fuqaro muqofazasi shtabi tomonidan oldindan
rejalashtiriladi va favqulodda xolatda qo‘l
ostidagi kuchlar, mablag‘, texnikalar,
bajariladigan ish xajmi aniqlashtiriladi.