R e j a : xfx fani o’qitilisqidan maqsad




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/56
Sana21.05.2024
Hajmi0,66 Mb.
#248692
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
QBTI ishlarini shikastlangan o’choqda olib borish usullari: 
Ma'lumki, QBTI ni bajarish usullari va qoidalari, o‘sha shikastlangan 
o‘choqda xarakatlanuvchi tuzilmalarga xalaqit beruvchi omillar darajasiga qarab 
tanlanadi. Jumladan, shikastlangan inshootlarni tavsifiga, kommunal, energetik va 
texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, o‘sha jinshootning axvolidan kelib 
chiqqan xolda tanlanadi. Keyin shu inshootlardagi odamlar qutqarilib, ularga tibbiy 
yordam ko‘rsatiladi. 
Xuddi shunga o‘xshash ishlar tinchlik davrida xam, tabiiy ofatlar, kuchli yer 
silkinishi natijasida xam olib boriladi.Masalan, Afg‘oniston, Meksika, Armaniston, 
Xindiston, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi yer silkinishi yodga olish 


mumkin. Bu yerlarda yer ostida qolgan odamlarni qutqarishda juda katta (16 t) yuk 
ko‘targichlari, projektorlar tunu kun ishladilar. Buzilgan joylarda qolgan odamlar 
2-3 xafta davomida qutqarilgan va yashayotgan fuqarolar borligi aniqlangan.
Masalan, 1985 yil Meksikada bo‘lgan yer silkinishi oqibatida 13 sutkagacha 
xarobalar ostida qolib ketgan 4,5 ming odam qutqarilgan. Armanistondagi yer 
silkinishida esa 5 kundan keyin qutqarilganlar soni 5398 kishini tashkil etgan. Bu 
falokatda Fransiya, Angliya, AQSh, Shveysariya va boshqa davlatlarning qutqaruv 
qismlari ishtirok etdilar va o‘zlarining eng zamonaviy uskunalari xamda boshqa 
vositalardan foydalanishi, bir qancha odamlarni tirik saqlab qolganlari ma'lum. 
Yuqorida aytib o‘tilgan shikastlangan o‘choqlarda faqatgina qutqaruv ishlari 
bajarilmasdan, birlamchi avariyani tiklov ishlari xam bajarildiki, bunda qutqaruv 
ishlariga xalaqit beruvchi avariyalar xamda yangi falokatlarni keltirib chiqaruvchi 
avariya va talafotlarning oldi olindi.
Chunki bular oqibatida fuqarolar qo‘shimcha talafot olishlari mumkin edi. 
Buning uchun, suv tarmog‘i, kanalizasiya, gaz, elektr tarmoqlaridagi avariyani 
tuzatuvchi tuzilmalar jalb qilindi. Albatta, bu ishlarga umummaqsadli tuzilmalar 
xam jalb etiladi. Yuqoridagi avariyalarning oldini olishni asosiy yo‘li bu 
shikastlangan uchastkalarga suv, gaz, elektr va boshqa sababchi omillarning 
kelishini to‘sish xisoblanadi. Bunda turli xildagi to‘sish omillaridan foydalaniladi. 
Inshootlarning devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustaxkamlanadi, 
buziladiganlar esa tamoman buzib tashlanadi. Chunki bu ishlarni qilmasdan turib, 
odamlarni qutqarish xavfli xisoblanadi. 
Kimyoviy shikastlangan o‘choqda qutquruv ishlari birmuncha oldingisidan 
farqlanadi. Bu xolatda birinchi navbatda ogoxlantirish belgisi "Kimyoviy trevoga" 
berilib, darxol usha joyga radiasiya, kimyoviy va tibbiy razvedka bo‘limlari 
yuboriladi. Ular shikastlangan joyni, vaqtni, qo‘llanilgan qurol turini (yoki zaxarli 
moddalar - KTZM), zaxarlangan xudud o‘lchamini va uni tarqalish yo‘lini aniqlab 
beradilar. 
Mana shularga asoslanib shu ob'ekt fuqaro muhofazasi boshlig‘i qaror 
qabul qilib, o‘zi qutqaruv omillarini xamda kimyoviy zararlanishni to‘sish 
omillarini tashkil etadi. Bunday xolatlarda qutqaruv ishlariga birinchi navbatda 
sanitar drujinachilari, umumiy otryad, zararsizlantirish guruhlari va mexanizasiya 
tuzilmalari jalb etiladi. 
Bunda xar bir tuzilmalar aniq vazifa va texnikalar, jiqozlar bilan ta'minlanadi. 
Chunonchi:

Sanitar va qutqaruv tuzilmalariga ish joylarini, transport vositalarini, 
zararlangan odamlarni o‘choqdan olib chiqish, birlamchi tibbiy 
yordam ko‘rsatish va evakuasiyani tashkil etish vazifalari; 

Radiasiyaga qarshi (Rq) va kimyoviy tasirga qarshi(KTq) 
himoya xamda umumiy tuzilmalarga qutqaruv ishlarining joyi


KTZM saqlanadigan joylardagi avariyani to‘sish va zaxarlangan 
inshootlarni, atrof-muqitni degazasiya qilish ishlari; 

Zararsizlantirish guruhlariga degazasiya bajariladigan ish joylari,
ob'ektlari, degazasiya qiluvchi eritmalarni tayyorlash va mashinalarni 
to‘ldirish, degazasiya ishlarini olib borish yuklatiladi. 
Kimyoviy o‘choqda qutqaruv ishlarini bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar 
olingandan keyin xar bir tzilma boshliqlari o‘z qo‘l ostidagi fuqarolarni yakka 
tartibdagi himoya vositalari, antidotlar, ShKP-8(shaxsiy kimyoviy paket) bilan 
ta'minlaydilar. Shundan keyin ular razvedka, sanitar drujina, Rq va KTq 
tuzilmalaridan keyin o‘z ish joylariga borib, vazifalarini bajarishga kirishadilar. 
Bunda birinchi bo‘lib, zararlangan odamlarga yordam ko‘rsatiladi, ya'ni 
gazniqob kiydiriladi, antidot berilib, tibbiy yordam ko‘rsatiladi va ular xar xil
zararlanish toifalariga bo‘linib, so‘ngra tibbiyot shaqobchalariga evakuasiya 
qilinadi. 
Zararsizlantiruvchi tuzilmalar, xqamma yo‘llar, inshootlar, texnikalar 
degazasiya qilinadi. Shu tariqa kimyoviy shikastlangan o‘choqda qutqaruv ishlari
bajariladi. 
Biologik shikastlangan o‘choqda esa biologik razvedka va bakterial moddalar 
xili, karantin yoki observasiya rejimini qo‘llanilishi; sanitar-ekspertiza, oziq-ovqat 
maxsulotlari, suv, yemlarning zaxarlanganligini aniqlash va ularni zararsizlantirish; 
epidemiyaga qarshi, sanitar-gigienik, veterinariya ishlari va boshqa omillar amalga 
oshiriladi. 
Bu ishlarni olib borishda biologik shikastlangan o‘choqda sanitar-
epidemiologik maskan, veterinariya maskani, epidemiyaga qarshi qarakatlanuvchi 
otryad, shifoxonalar, poliklinika, veterinariya tarmoqlari va boshqa medisina 
tarmoqlari jalb etiladi. Ular birinchi navbatda og‘ir kasallik tarqatuvchilardan 
saqlash uchun profilaktik omillar olib borishadi. Bunda turli xildagi ta'sir etuvchi 
antibiotiklardan qamda ShD-2 dan (shaxsiy dorixona), gazniqoblardan 
foydalaniladi.Xududda kasallik tarqatuvchining aniq turi topilgandan keyin, unga 
qarshi maxsus dorilardan foydalaniladi. Shundan keyin shikastlanganlarning 
kasallanish xolatiga qarab xar xil darajada tuzatish muolajalari olib boriladi. Ular 
darhol kasalxonaga yotqiziladi va juda og‘irlari ma'lum joyga, maxsus gurug‘lar 
yordamida evakuasiya qilinib, o‘sha yerda davolanadilar.
Biologik (xavfli kasallik tarqalgan) o‘choqning tugatilishi u yerdagi oxirgi 
kasal odamning tuzalib ketish vaqti bilan aniqlanadi. Biologik o‘choqda 
xarakatlanuvchi qismlar, u yerdagi yuqumli kasallik bilan kasallanmasliklari uchun 
xamma omillarni olib borishlari kerak, ya'ni kasallar bilan muloqatda bo‘lmaslik, 
inshootlar, xonalar, atrof-muqit zararsizlantirib turilishi, kiyim-kechaklarni 
dezinfeksiya qilishi va o‘zini sanitar-qayta ishlovdan o‘tkazib turish talab etiladi. 
Mana shularga rioya qilib, xarakatlanuvchi tuzilmalar xech qanday yo‘qotishsiz, 
o‘z vazifalarini bajarib boradilar. Murakkablashgan shikastlanish o‘chog‘ida 
QBTI ni olib borish, alohida-alohida o‘choqlarda olib borilgan ishlarga nisbatan 


bir necha o‘n barobar og‘ir xisoblanadi. Chunki bu xolatda vaziyat juda murakkab 
bo‘lib, o‘choqdagi shikastlantiruvchi omillar turini aniqlash juda og‘ir xisoblanadi. 
Bulardan tashqari bunday o‘choqda biror omilga qarshi olib boriladigan omillar 
ikkinchi omilga tamoman teskari bo‘lishi mumkirn. Masalan, xavfli epidemiya 
bilan kasallangan odamlarni davolashda foydalaniladigan karantin omili kuchli 
binar-xususiyatli kimyoviy qurollar ishlatilganda qo‘llaniladigan evakuasiya va 
boshqa vositalardir. 
Murakkablashgan o‘choqda biror uslubiy ko‘rsatma asosida emas, QBTI 
sharoitini aniq o‘rganish orqali, o‘sha yerdagi vaziyatdan kelib chiqqan xolatda 
ish olib boriladi.

Download 0,66 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



R e j a : xfx fani o’qitilisqidan maqsad

Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish