Tabiiy ofat, avriya va fojialarda talafot ko’rganlarga tibbiy yordam




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/56
Sana21.05.2024
Hajmi0,66 Mb.
#248692
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Tabiiy ofat, avriya va fojialarda talafot ko’rganlarga tibbiy yordam

 
tashkil etish. 
Bizning mamlakatimizda tabiiy ofat, yirik avariya va fojialar oqibatlarini 
bartaraf etish maqsadida davlat komissiyalari (respublika, viloyat, shaqar, tuman 
miqyosida) tuziladi. Ushbu komissiyalar faoliyati talafot ko‘rgan aholini xar 
taraflama qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumdavlat omillarini tashkil etishga, 
jumladan, turar-joy muammosi, tabiiy ofat xududida jamoat va sanitar tartibini 
ta'minlash, kommunal-xo‘jalik, savdo, tibbiy xizmat va boshqa muassasalarni 
muntazam ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. 
Tabiiy ofatning birinchi kunidan boshlab fuqarolar muqofazasining tibbiy 
xizmat 
shtablarida 
kunu-tun 
navbatchilik 
belgilanadi, 
poliklinika 
shaqobchalarining ishchi-xizmatlchilari uzluksiz ish tartibiga o‘tkaziladi.
Davlat komissiyasi mavjud barcha davlat zaxiralarini xamda aholini tabiiy 
ofatga qarshi kurashga safarbar etadi. Shu bilan birga tabiiy ofatdan zarar 
ko‘rganlar sog‘lig‘ini saqlash muammosi bilan bog‘liq masalalarga birinchi 
darajali davlat ahamiyatiga molik vazifa sifatida qaraladi. Odatda, davlat 
komissiyasi tarkibiga sog‘lig‘ni saqlash organi raxbarlari, FVV boshqarma 
boshliqlari kiradilar. Bunday sharoitda kasalxonalar, ambulatoriya-poliklinika 
muassasalarining xodimlari doimiy ish tartibiga o‘tkaziladi, tibbiy xizmatning 
barcha kuch va vositalari xarakatga keltiriladi. 
Tabiiy ofat ro‘y bergan xududda birinchi yordam aholining o‘zi tomonidan, 
shuningdek, bu xududda mavjud SD (sanitar drujina) kuchlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Bundan tashqari zarar ko‘rganlarga birinchi tibbiy yordam shu 
xududdagi tez yordam va birinchi tibbiy yordam kuchlari xamda vositalarini jalb 
etish orqali amalga oshiriladi, chunki bu yordamlarning salohiyati, zarar ko‘rgan 
joyga tezroq yetib kelish imkoniyatini beradi. 


Tabiiy ofatdan xalq xo‘jaligi ob'ektlarida zarar ko‘rganlarga shu korxonalar 
boshliqlari raxbarligida birinchi yordam ko‘rsatiladi. Tez va birinchi tibbiy yordam 
stansiyalarining xodimlari qutqaruvchilar guruxlari bilan birgalikda buzilgan 
imoratlar va vayronalar ostida qolganlarni qidirish va birinchi tibbiy yordam 
ishlarini avvaldan belgilangan xududlarda tezkorlik bilan boshlab yuborishlari 
kerak. Odamlarni vayronalar ichidan qutqarib olish, topish jarayonida tez tibbiy 
yordam xodimlari ularga xam birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishlari kerak. Yarador 
va o‘lganlar ko‘p bo‘lgan taqdirda, ularni transport vositalariga ortish joylarini
belgilash zarur bo‘ladi. Bu joylar talafot ko‘rganlarni ortish uchun transport 
vositasi kelishiga qulay bo‘lishi lozim. Yengil talafot ko‘rganlar transportlarga 
chiqish joylariga o‘z kuchi bilan borishlari uchun ularga yo‘nalish belgilab 
beriladi. 
Talafot ko‘rganlar transport vositalarida eng yaqin kasalxonalar yoki 
ambulatoriya va poliklinika muassasalariga evakuasiya qilinadi xamda birinchi 
vrach yordami ko‘rsatiladi. Ba'zi bir xollarda birinchi vrach yordamini ko‘rsatish 
uchun davolash-profilaktika muassasalari negizida shakllantirilgan - birinchi tibbiy 
yordam otryadlari (BTYoO) jalb etilishi mumkin. 
Talafot ko‘rgan aholini davolash-evakuasiya ta'minoti tizimidagi birinchi 
bosqichli ambulatoriya-poliklinika muassasalarida talafot ko‘rganlar uzoq 
qolmasliklarini ko‘zda tutish kerak. Shu sababli favqulodda xolat shtablari tabiiy 
ofatdan zarar ko‘rganlari stansionar davolash muassasalariga evakuasiya qilish
uchun yetarli bo‘lgan transport vositalarini ajratish choralarini ko‘rishi kerak. 
Toshkent zilzilasi oqibatlarini tugatish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, talafot 
ko‘rganlarning asosiy qismiga birinchi yordam aynan ambulatoriya-poliklinika 
muassasalarida berilishi mumkin.
Ushbu zilzila paytida qayd etilgan 1623 jaroqatlardan 496 xolatda birinchi 
vrach yordami tibbiy tez yordam xodimlari, 781 xolatda ambulatoriya-poliklinika 
muassasalari tomonidan amalga oshirilgan. 
Davolash-evakuasiya ta'minoti tizimidagi ikkinchi xal qiluvchi bosqich 
sifatida, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda shu 
xududga yaqin joylashgan davolash muassasalari xisoblanadi. Faqat keyinroq 
ayrim xollarda talafot ko‘rganlar boshqa tor ixtisosdagi davolash muassasalariga 
joylashtirilishi mumkin. 
Talofot ko‘rganlarni evakuasiya qilishni to‘g‘ri tashkil etish va ularga 
maxsus tibbiy yordam ko‘rsatishni uyushtirish uchun favqulodda xolat shtablari
davolash-profilaktika muassasasining xolati, ulardagi bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risida, 
qaysi davolash muassasasiga qancha odamni yuborish mumkinligi haqida aniq 
ma'lumotga ega bo‘lishlari talab qilinadi. 
Favqulodda xolat shtablari yuz bergan falokatga to‘g‘ri baxolay olish asosida 
davolash muassasalari xodimlari, tez tibbiy yordam stansiyalari, birinchi tibbiy 


yordam otryadlari (BTYoO), poliklinika muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar 
berishlari lozim. Shu maqsadlarda shtablar tegishli muassasalar bilan doimiy 
aloqada bo‘lishlari talab qilinadi. Talofot ko‘rganlarni evakuasiya qilish paytida 
ularni toifalarga ajratib yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Kasalxonalarga esa 
faqat stasionar davolanishga muxtoj bo‘lganlar yotkazilishi lozim. Yengil va 
o‘rtacha jaroxat olganlar xamda stansionar sharoitda davolanishi zarur 
bo‘lmaganlar ambulatoriya sharoitida davolanishlari kerak.Turli tan jaroxati 
olganlar bilan bir qatorda tabiiy ofat natijasida ruxiy shikast olganlarga, somatik va 
endokrenologik kasalliklari zo‘riqib ketganlarga, bolasi tushib qolganlarga alohida 
tibbiy yordam ko‘rsatish zarur. Kasallarning yuqorida ko‘rsatilgan toifalariga 
tibbiy yordam berishda tez yordam va birichni tibbiy yordam ko‘rsatish 
stansiyalari xodimlari yetakchi o‘rinda turishlari, ularni xar qanday tasodiflarda 
to‘g‘ri qarorga kelishga tayyorgarliklarini oshirish talab etiladi. Tez yordam 
xodimlari avvaldan yurak-tomir va boshqa kasalliklarni davolash vositalari, zarur 
asbob va jiqozlar bilan ta'minlangan bo‘lishlari, bunday kasalliklarni davolash 
usullari bilan tanish bo‘lishlari lozim. Bu toifa kasallarga tibbiy yordam berish 
uchun ixtisoslashgan tibbiy yordam brigadalarini avvaldan belgilash, tabiiy ofat 
vaqtida ular xizmatidan (jumladan, akusher-ginekologik, psixonevrologik, 
kardiologik va q.k.) samarali foydalanish lozim. 
Shuni nazarda tutish lozimki, tabiiy ofat paytida (ayniqsa, zilzila) tibbiyot 
muassasalari buzilishi mumkin. Shu tufayli kasallar, tibbiyot xodimlari va 
jixozlarni ko‘chirishni, davolash muasasalarini moslashmagan binolarga 
o‘tkazishni taqozo qiladi. Bunday maqsadlar uchun muayyan binolar (maktab, 
bolalar boqchasi va q.k.) tayyorlab qo‘yilishi kerak. Tabiiy ofat paytida 
kasalxonalar va boshqa tibbiyoti muassasalarini ko‘chirish yuqori saviyadagi 
tashkilotchilik xamda tibbiyot xodimlarining yuksak darajada ma'naviy 
tayyorgarligini talab qiladigan qiyin va mashaqqatli ish. 
Toshkent zilzila paytida tibbiyot xodimlari tomonidan kasallarni ximoya 
qilish borasida juda katta ish amalga oshirildi. Kechayu-kunduz davomida zarar 
ko‘rgan kasalxonalardan 2000 dan ziyod kasallar ambulatoriya sharoitida 
davolanishga chiqarildi. 1000 dan ortiq kasal boshqa davolash muassasalariga 
o‘tkazildi. Ko‘chirish mumkin bo‘lmagan kasallarning bir qismi kasalxonalarning 
yozgi chodirlariga o‘tkazildi. 
Tabiiy ofat natijasida aholi va tibbiyot muassasalarining joylanish xolatida 
o‘zgarishlar ro‘y berganligi tufayli, tibbiyot xizmati boshliqlari tibbiyot kadrlarini 
qayta taqsimlash, yangi tibbiyoti muassasalarini asbob-uskunalar bilan jiqozlash, 
o‘rinlarni kasallar soniga muvofiqlashtirish, poliklinikalar o‘rtasida vrach-
xududlarining chegarasini qayta o‘rganish va yangi dorixonalar ochish kabi 
masalalarni ko‘rib chiqishlari lozim. Ba'zi xollarda ko‘chma dorixonalar va 
vrachlik punktlarini tashkil etish talab etiladi. 
Kasallarga tibbiy xizmat ko‘rsaish jarayonida tibbiyot institutlari talabalarini 
vrachlik va feldsherlik lavozimlariga jalb etish kerak. Bu ishga tibbiy ilmiy-


tadqiqot institutlari muassasalarining xodimlarini xam jalb etish mumkin. Tibbiy 
yordamni tashkil qilishda aholi o‘rtasida tushuntirish va sanitariya-profilaktika 
ishlarini olib borish katta ahamiyatga ega. 
Yirik fojia va avariyalar paytida tibbiy yordamni tashkil etish xususiyatlariga 
xam to‘xtalib o‘tish kerak. Bularga quyidagilarni kiritish zarur: 

Talafot ko‘rganlarga sanitar-drujinalari kuchi bilan birinchi tibbiy 
yordamni berish, bunda bir ishchi smenada o‘z-o‘ziga yordam 
ko‘rsatish ko‘zda tutiladi. Zarur paytlarda birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish uchun yaqin joylashgan korxonalarning sanitar drujinalari 
xam jalb etilishi mumkin; 

Tez yordam va birinchi tibbiy yordam kuchlarini tez va ommaviy 
ravishda jalb etish imkoniyati mavjudligi; 

Xamma jaroxat olganlarga tez va malakali birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish imkoniyati mavjudligi. 
Bu vaziyatda shaxar (tuman)ning barcha tibbiy muassasalari jalb etilishi 
mumkin. Sanitar drujinalar talofot ko‘rganlarga nisbatan kam sonli bo‘lgan xolda 
ularni kichik guruhlarga ajratib, barcha mavjud tibbiyot muassasalariga bo‘lib 
yuborish mumkin. 
Kimyo sanoati ob'ektlarida yirik avariyalar ro‘y bergan xolda talafot 
ko‘rganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi xam o‘z xususiyatlariga ega. Bunday 
avariyalar paytida faqat avariya ro‘y bergan sex va o‘linma ishchilari,
raxbarlar, aholi orasida xam zarar ko‘rganlar bo‘lishi mumkin. Bu narsa yengil 
uchuvchan gazlar bo‘lgan ob'ektlarda ro‘y bergan avariyalar oqibatida yuzaga 
keladi. Bunday avariyalar paytida tibbiy yordam ko‘rsatilish uchun kuch va 
vositalarni avvaldan, puxta tayyorlash kerak. Kuchli ta'sir qiladigan zaxarli 
moddalarning havo orqali ta'sir o‘tkazishini xisobga olib, shamolning yo‘nalishi, 
xonalarning joylashishi, zararlashi mumkin bo‘lgan maydon kattaligini aniqlab, bu 
xududda ishlovchi va yashovchi insonlar soni to‘g‘risida ma'lumotga ega 
bo‘lish talab qilinadi.
Sanitar-talofotlar ko‘payishining oldini olish uchun qo‘shni korxonalar 
xizmatchi-ishchilarini ogoxlantirish tartibi belgilanishi zarur. Ular shaxsiy vosita 
va qurilmalardan foydalana olishlari zarur. Mazkur korxonada mavjud kimyoviy 
moddaning xususiyatlariga qarab, ulardan zaxarlanganlik paytida qanday ehtiyot 
choralari ko‘rilishi mumkinligi to‘g‘risida xabardor bo‘lishlari, zarur vositalar va 
transport bilan ta'minlanishlari lozim. Tez tibbiy yordam va birinchi tibbiy yordam 
xodimlari kimyoviy moddalardan zaxarlanish patalogiyasini yaxshi bilishlari, 
tibbiy yordam ko‘rsatish tartibiga rioya qilishlari talab qilinadi. Bu paytda asosiy 
vazifa zarar ko‘rganlarni zaxarlanish xududidan tezroq olib chiqib ketish 
xisoblanadi. Tibbiy yordam ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari yakka tartibdagi 
muhofaza vositalaridan foydalanishlari shart.
Radioaktiv moddalarni saqlash , tashish va qayta ishlash texnologiyasi 
buzilgan paytdagi atrof-muhitni zararlantiruvchi avariyalarda tibbiy yordam 


ko‘rsatishi xam vaziyatni to‘g‘ri baxolash paytida o‘z xususiyatlariga ega. Atrof 
muhitni ifloslantiruvchi manbalarga xozirgi davrda kimyoviy sanoatni , turli 
radioizotop labaratoriyalarini, radioaktiv chiqindilarni ishlab chiqish va ko‘mib 
tashlash joylarini, turli yadroviy reaktorlarni kiritish mumkin. 
Radioaktiv moddalar bilan atrof muhit zararlanishining eng katta xavfi atom 
reaktorlari avariyaga uchragan paytda sodir bo‘ladi. Atom elektrostansiyalarida 
ro‘y bergan avariyalar paytida uzoq yashovchi atom radioaktiv izolyatorlari atrof 
muhitni zararlantiradi. Bu paytda nurlanish jarayoni yadro portlashi davridagidan 
ancha sekin kechadi.Vaqt jihatidan sekin parchalanish yadro portlashi 
oqibatlaridan kam zarar yetkazmaydi. 
Tuproq, suv, binolar, inshootlarning zaxarlanish ehtimoli insonlar uchun katta 
xavf tug‘diradi.Avariya xududida ishlash mumkin bo‘lgan eng katta doza 25 R 
ga tengdir. 
Atom elektrostansiyalaridagi avariya oqibatida tan jaroxatdan tashqari 
radiasiya talofati xam ro‘y beradi..Favqulodda holat tibbiyot tizimlaridagi 
faoliyatning bosh yo‘nalishi suv ta'minoti, oziq-ovqat ustidan radiasiyaga oid 
nazoratni o‘rnatish, aholini epidemiyaga qarshi va davolash profilaktika
ta'minotini tashkil etish, barchaga muntazam yod preparatini yetkazib berish lozim 
bo‘ladi. Radiasiya nurlanishi olgan shaxslarni aniqlashga aloxida e'tibor beriladi. 
Bu jiqatdan barcha aholini uch guruhga ajratish mumkin : xech qanday 
radiasiya jaroxati olmaganlar; oz miqdorda nurlanish olgan va radiasiya jaroxati 
belgilari bo‘lmagan shaxslar; nur kasalligi yoki nurlanishdan kuyishga olib 
keluvchi nurlanishga uchragan shaxslar. 
Birinchi guruxga kiruvchi shaxslar qanday bo‘lmasin nazoratga muxtoj 
emaslar, ammo, radiasiya xududida ishlash paytida ular radiasiya nazoratiga 
olinadilar. Ikkinchi guruxga kiruvchilar ustidan doimiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi, 
bu narsa qon tarkibini doimiy ravishda taxlil qilib borishdan iborat. Bu shaxslar 
zararlangan xududda ishlashga qo‘yilmaydilar. Nurlanish asorati bor shaxslar 
kasalxonaga yotqizilishi va maxsus tibbiyot muassasalarida davolanishlari kerak. 
Shunday qilib, favqulodda vaziyatlarda tibbiyot xizmatlari yirik avariyalar 
paytida talofaat ko‘rganlarga puxta o‘ylangan va oldindan rejalashtirilgan tadbirlar 
asosida yordam ko‘rsatishlari zarur. 
Favqulodda vaziyatlarda tibbiyot xizmati shaxsiy tarkibi, ehtimoli bor 
bo‘lgan ishlab chiqarish avariyalari xususiyatini bilishlari va tegishli ravishda 
talofatlarga qarshi kurashish qurollariga ega bo‘lishlari kerak.Bu vaziyatlarda 
xarakat qilish malakasini tez tibbiy yordam va birinchi tibbiy yordam xamda 
davolash muassasalari xodimlari yaxshi egallagan bo‘lishlari talab etiladi. 

Download 0,66 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy ofat, avriya va fojialarda talafot ko’rganlarga tibbiy yordam

Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish