• Uch pogʻonali nazoratning birinchi bosqichi.
  •  7. Uch pogʻonali nazoratni tashkil etish



    bet11/83
    Sana02.12.2023
    Hajmi
    #109741
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
    Bog'liq
    15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

    1. 7. Uch pogʻonali nazoratni tashkil etish 
     
    Mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimida uch pogʻo-
    nali nazorat muhim oʻringa ega. Uni mulkchilik shaklidan qat'i 
    nazar, korxona, tashkilot, muassasa ma’muriyati va kasaba 
    uyushmasi qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladi.
    Uch pogʻonali nazorat korxona rahbarlari va muhandis-tex-
    nik xodimlarining xizmat vazifalariga muvofiq ma’muriy nazo-
    ratni, shuningdek, jamoatchilik nazoratini oʻtkazishni istisno et-


    21 
    maydi. Ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlariga, korxona 
    tuzilishi va uning boʻlinmalarining koʻlamiga qarab, mehnatni 
    muhofaza qilish holati ustidan uch bosqichli nazorat amalga 
    oshiriladi: 
    birinchi pogʻonada - sexning uchastkasida, smenada yoki 
    brigadada; 
    ikkinchi pogʻonada - sexda, ishlab chiqarish maydonchasida 
    yoki korxona joylashgan joyda; 
    uchinchi pogʻonada - umuman korxonada.
    Uch pogʻonali nazorat korxona ma’muriyati va kasaba 
    uyushma qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
    Uch pogʻonali nazoratni korxona rahbari va kasaba 
    uyushma qoʻmitasi raisi tashkil etadi.
    Uch pogʻonali nazoratning birinchi bosqichi.
    Nazoratning birinchi bosqichi uchastka boshligʻi (usta, 
    uchastka boshligʻi, smena boshligʻi) va mehnatni muhofaza qilish 
    boʻyicha vakil tomonidan har kuni ish smenasining boshida, kerak 
    boʻlganda esa ish kuni (smenada) davomida amalga oshiriladi.
    Uch pogʻonali nazoratning birinchi bosqichida quyidagilar 
    tekshiriladi: 
    • oldingi tekshiruvda aniqlangan qoida buzarliklarni bartaraf 
    etish choralarini amalga oshirilaganligi; 
    • ish joylarini tashkil etishning holati va toʻgʻriligi; 
    • texnologik asbob-uskunalar, yuk koʻtarish va tashish vosi-
    talarining xavfsizligi; 
    • elektr xavfsizligini ta’vinlanganligi; 
    • ishlov beriladigan buyumlar va tayyor mahsulotlarni saq-
    lash qoidalariga rioya qilish
    • ventilyatsiyaning yaroqliligi; 


    22 
    • ishchilarni mehnatni muhofaza qilish koʻrsatmalariga rio-
    ya qilishlari.
    Uch pogʻonali nazoratning ikkinchi bosqichi.
    Nazoratning ikkinchi bosqichi sex boshligʻi va mehnatni 
    muhofaza qilish boʻyicha katta vakolatli shaxs boshchiligidagi 
    komissiya tomonidan oyiga kamida ikki marta amalga oshiriladi.
    Komissiya tarkibiga sex rahbarlari (vakillari), korxonaning 
    mehnatni muhofaza qilish boʻlimi muhandisi va ustaxonaga bi-
    riktirilgan tibbiyot xodimi kiradi.
    Tekshirish jadvali sex boshligʻi tomonidan belgilanadi va 
    barcha uchastka boshliqlariga beriladi.
    Nazoratning ikkinchi bosqichida quyidagilar tekshiriladi: 
    • nazoratning birinchi bosqichi ishini tashkil etish va nati-
    jalari; 
    • nazoratning ikkinchi va uchinchi bosqichlari natijasida 
    belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
    • korxona rahbari va sex boshligʻining buyruq va farmo-
    yishlarini, kasaba uyushmasi qoʻmitasi qarorlarini, mehnatni 
    muhofaza qilish boʻyicha komissarlarning takliflarini bajarish; 
    • nazorat organlarining buyruq va koʻrsatmalariga muvofiq 
    chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
    • baxtsiz hodisalarni tekshirish materiallari asosida chora-
    tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.
    Tekshirish natijalari sex boshligʻi tomonidan yuritiladigan 
    nazoratning ikkinchi bosqichi jurnalida qayd etiladi.
    Ushbu chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish meh-
    natni muhofaza qilish boʻyicha mas'ul muhandis va sexning 
    mehnatni muhofaza qilish boʻyicha katta vakolatli vakili tomoni-
    dan amalga oshiriladi.
    Sex boshligʻi oyda bir marta korxona rahbariga va kasaba 
    uyushma qoʻmitasiga sexdagi mehnatni muhofaza qilish holati 
    toʻgʻrisida hisobot beradi.


    23 

    Download
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     7. Uch pogʻonali nazoratni tashkil etish