• Guruhli usul
  • Monografik usul
  • Oʻrganish va tahlil qilish usullari



    bet15/83
    Sana02.12.2023
    Hajmi
    #109741
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
    Bog'liq
    15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

    Oʻrganish va tahlil qilish usullari 
    Shikastlanish sabablarini tahlil qilish baxtsiz hodisalarning 
    oldini olish choralarini ishlab chiqish imkonini beradi.
    Shikastlanish sabablarini oʻrganish uchun asosan statistik 
    (guruhli va topografik) va monografik usullar qoʻllaniladi.
    Statistik usul bilan shikastlanish darajasi ikki koʻrsatkich - 
    chastota koeffitsienti va ogʻirlik koeffitsienti orqali baholanadi.
    Chastota koeffitsienti (K
    ch
    ) miqdoriy koʻrsatkich boʻlib, 
    hisobot davrida 1000 ta xodimga toʻgʻri keladigan baxtsiz 
    hodisalar sonini tavsiflaydi: 
    K
    ch
    = n / R ‧1000
    bu yerda: n - baxtsiz hodisalar soni
    R - xodimlarning oʻrtacha soni.
    Ogʻirlik koeffitsienti (K
    o
    ) hisobot davridagi bitta baxtsiz ho-
    disa uchun nogironlik kunlarining oʻrtacha sonini koʻrsatadi: 
    K
    o
    = D / n 
    bu yerda: D - mehnatga layoqatsiz kunlar soni.
    Guruhli usul. Surishtiruv materiali ma’lum xususiyatlarni 
    hisobga olgan holda guruhlarga boʻlinadi, masalan, kasb, ish turi 
    va davomiyligi, yoshi, kun va yil vaqti, harakatlanuvchi tarkib-
    ning turi, zararning xususiyati va boshqalar.
    Topografik usul. Baxtsiz hodisalar sodir boʻlgan joyda 
    ularning sabablari oʻrganiladi. Baxtsiz hodisalar soni ATK reja-
    siga, alohida belgilar bilan bilan belgilanib chiqiladi. Bu ayniqsa 
    xavfli ish joylari va ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash im-
    konini beradi.
    Monografik usul. Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar 
    chuqur tahlil qilinadi, texnologik jarayon, bajarilgan operatsiya-
    lar, ish joyi, sanitar-gigiyenik sharoitlari, jihozlar, himoya vosita-
    lari, baxtsiz hodisa sodir boʻlgan holatlar batafsil oʻrganiladi.
     
     


    30 
    II. METEOROLOGIK SHAROIT VA SANITAR-

    Download
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83