3. Avtomobillar, agregatlar va dvigatellarni yuvish



bet61/83
Sana02.12.2023
Hajmi
#109741
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83
Bog'liq
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

11. 3. Avtomobillar, agregatlar va dvigatellarni yuvish 
Avtomobillarni, agregatlarni, ehtiyot qismlarni yuvishda 
quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 
- yuvish maxsus ajratilgan joylarda amalga oshirilishi 
kerak; 


123 
- mexanizatsiyalashgan avtomobil yuvish uchun ishinig ish 
joyi suv oʻtkazmaydigan kabinada joylashishi zarur
- ochiq shlangni (qoʻlda) yuvish posti elektr bilan ta’min-
langan qurilmalardan ajratilgan joyda boʻlishi kerak; 
- yuvish joyida (postida) elektr simlari, yorugʻlik manbalari 
va elektrodvigatellar germetiklangan boʻlishi kerak; 
- yuvish moslamalari past kuchlanishli elektrda ishlashi 
kerak (42 V dan yuqori boʻlmagan).
220 V kuchlanishli yuvish moslamalarini ishlatish quyidagi 
holatlarda ruxsat beriladi: 
- mexanik va elektr blokirovkalash moslamalari joylashgan 
shkaf eshiklarini ochilganda, ularni toʻxnashi: 
- ishga tushirish moslamalari va simlarni gidroizolyatsiya 
qilish; 
- korpuslar, kabinalar va jihozlarni yerga ulash.
Avtomobil qismlarini yuvishda quyidagi shartlarga rioya 
qilish kerak: 
- etilli benzinda ishlaydigan dvigatellarning qismlarini faqat 
kerosin yoki boshqa neytrallashtiruvchi suyuqliklarda tetraetil-
qoʻrgʻoshin qoldiqlari 
zararsizlantirgandan keyin yuvish 
mumkin; 
- ishqorli eritmalarning konsentratsiyasi 2-5 foizdan osh-
masligi kerak; 
- ishqorli eritma bilan yuvilgandan soʻng, issiq suv bilan 
yuvish majburiydir; 
- ogʻirligi 15 kg dan ortiq boʻlgan agregatlar va qismlar 
yuvish stantsiyasiga mexanik ravishda yetkazib berilishi va 
yuvilishi kerak.
Avtomobilni tozalash va ehtiyot qismlarni yuvish uchun 
benzin ishlatish taqiqlanadi.


124 

Download
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   83




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 3. Avtomobillar, agregatlar va dvigatellarni yuvish