Yeyilishga chidamlilik: M ateriallarning yeyilishga qarshilik koM'sata
olish xususiyati, yeyilishga chidam lilik deb ataladi. Yeyilish bu
detallarning o ‘zaro ishqalanishi tufayli sodir boMib, o ‘z oMchamlarini
asta sekin o ‘zgarishidir.
D etallarning yeyilishga chidam liligi, materiallarning fizika-m exanika
xususiyatlari, termik qayta ishlanishi, aniqlik darajasi, ishqalanayotgan
ishchi yuzalar oMtasidagi bosim, sirpanish tezligi, ishqalanish rejimi,
ishlash sharoitlariga bogMiq boMadi.
Detallarning yey i lishi
natijasida
o ‘zaro
ishqalanuvchi yuzalar
oMtasidagi b o‘shliq oshadi, natijada ish jarayonida shovqin chiqishiga,
qo‘shimcha dinamik kuchlarning hosil boMishiga hamda detallarning
tezda ishdan chiqishiga sabab boMadi. Shuningdek, detallari yeyilgan
m ashinalarda tayyorlangan m ahsulotlarning oMchamlari aniq chiqmaydi.
Ishchi yuzalariga tashqi muhitdan abraziv zarrachalar kirmasligi
uchun yaxshi zichlagichlar ishlatilishi, ishchi yuzalarni termik qayta
ishlash, yuzalar o'rtasidagi
bosimni
bir tekisda taqsimlanishini
ta ’minlash, suyuqlikdagi ishqalanish rejasini ta’minlash yoMlari bilan
detallarning yeyilishini kamaytirishi mumkin.
Detallarning yeyilishiga chidam liligini hisoblash solishtirma bosim
[] b o ‘yicha olib boriladi.
Issiqlikka chidam lilikdetallarning berilgan muddati davomida
ruxsat etilgan issiqlikda ishlay olish xususiyati issiqlikka chidamlilik deb
ataladi. Detallar o'zaro bir-biriga ishqalanishi natijasida qiziydi, bu
qizish natijasida detallarning mustahkamligi pasayadi, moylam i moylash
xususiyati kamayadi, natijada o ‘zaro ishqalanuvchi detallarning yeyilishi
ortadi. Bunday holat yuz bermasligi uchun, ishqalanuvchi yuzalam ing
qizishi m e’yoridan oshmasligi kerak, y a ’ni Q shart bajarilishi lozini.
Bunda Q - ishqalanuvchi yuzalarda ishlash jarayonida hosil boMgan
www.ziyouz.com kutubxonasi
issiqlik miqdori, kkal;
Qt - mashinadan tashqariga tarqaluvchi issiqlik
miqdori, kkal.
M ashinalaming qizishi aniqlanib m e’yoridan oshib ketmasligi uchun
mahsus sovutgichlar ishlatiladi yoki mashinaga konstruktiv o ‘zgarishlar
kiritiladi.