“Рақамли технологиялар: иқтисодиёт ва таълим тизимини ривожлантириш тенденциялари”
мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференция материаллари тўплами
202
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalari mamlakatimiz iqtisodiyotiga qanday darajada ta’sir
ko‘rsatishi ko‘rib chiqaylik. Jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonda, mamlakatimizda juda
katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. O‘tgan asrning so‘ngi yillarida va XX asrning dastlabki yillaridanoq
inson faoliyatining eng muhim sohalari bo‘lgan iqtisodiy boshqaruv butunlay o‘zgacha yondashuv va
alohida mohiyatga ega bo‘ladi. Odamlarning ijtimoiy hayotga qarashlari ham o‘zgarmoqda.
Kompyuter texnologiyalari uzoq vaqtdan beri kundalik hayotning ajralmas qismi bo‘lib kelgan.
Biroq, smartfonlar
va
kompyuter,
planshetlarining
paydo
bo‘lishi
bilan
kompyuter
texnologiyalarining ta'siri keskin oshdi. Zamonaviy jamiyatning eng ko‘zga ko‘ringan xususiyati
raqamli texnologiyalarning odamlarning yashash va ishlash tarziga ta'sirining kuchayishidir. Bu
mikroelektronika, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan
bog‘liq. Shunday qilib, jamiyat hayotini "raqamlashtirish" ob'ektiv va muqarrar olg'a siljish degan
xulosaga kelish mumkini Iqtisodiyotdagi raqamli texnologiyalarni imkon yaratadigan axborot
texnologiyalari sifatida talqin qilish mumkin.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib bormoqda va har bir sohada
zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etadi. Masalan, sun'iy intellekt texnologiyacini joriy etish
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil
qilish va takporlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo‘l kelsa, katta
hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni
saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to‘lovchilar va soliq
organlari o‘rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi.Raqamli texnologiyalar
taraqqiy etgan asrda eng muhum omil bu ma'lumotlar hisoblanadi.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining katta qismi raqamli vositalar
hisoblanadi. Bunga misol qilib olishimiz mumkin ya’ni iqtisodiyot infratuzilmasi. Iqtisodiyotda
mehnatning raqamli shakllarini joriy etish ham mamlakatlar, yirik firmalar va har bir inson uchun
ham yaxshigina foyda keltiradi. Ko‘rishimiz mumkinki bunda: ishlab chiqarish, tovar mahsulotlari
|