RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Samiyeva Maftuna Faxriddin qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari
kafedrasi assistenti
samiyevamaftuna29@gmail.com
Madyarova Muhlisa Abdulla qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari
kafedrasi assistenti
muxlisamadiyorova@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqola raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy jihatlariga qaratilgan. Hozrgi kunda
raqamli texnologiyalarning zamonamizning iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini qanchalik ahamiyatli
ekanligi haqida tushunchalar beriladi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida katta ahamiyat kasb
etayotgan dunyodagi yuqori natijalarga erishgan kompaniyalar o‘rganilib, raqamli
texnologiyalarning mamlakatimiz iqtisodiyotga ta’siri ham batafsil yoritib berilgan.
Kalitli sо‘zlar
iqtisodiyot, mohiyat, yondashuv, texnologiya, ahamiyat, raqamli texnologiya, telekommunikatsiya,
raqamlashtirish
“Рақамли технологиялар: иқтисодиёт ва таълим тизимини ривожлантириш тенденциялари”
мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференция материаллари тўплами
203
va xizmatlarini taqsimlash, ayirboshlash, ulardan foydalanishlarni. Raqamli texnologiyalardan keng
foydalanish so‘nggi o‘n yilliklarda barcha sanoat sohalarida va ishlab chiqarishda va xizmat
ko‘rsatishda jadallik bilan davom etmoqda. Bir holatni inobatga olish kerakki, avvallari bu o‘z-
o‘zidan va nazoratsiz holatda bo‘lgan, ammo bugungi kunga kelib yirik kompaniyalar va
korparatsiyalar qolaversa davlatlar ham bu masalaga aniq tizimli yondashuv zarurligini anglab yetdi
va unga asoslangan o‘zlarining bma’lum tizimlarini joriy qilib kelishmoqda. Raqamlashtirishning
strategik rejasini ishlab chiqish va keyinchalik amalga oshirish hozirda iqtisodiyotning deyarli barcha
sohalarida deyarli barcha yirik firmalar uchun ustuvor ahamiyatga ega. Bugungi kunda raqamli
iqtisodiyotni asosiy texnologiyalari bular: bulutli texnologiya, taqsimlangan hisoblash texnologiyasi,
katta ma'lumotli texnologiyalar tashkil etib kelmoqda.
Umuman olganda, Raqamli iqtisodiyot – raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes
va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida ishlab
chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir.
Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli
iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya
bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta,
Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli
iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan
iqtisodiyot tushuniladi. Bunda yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash
mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan.
shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi
tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi.
Mamlakatimizda mavjud vazirlik va idoralarda rahbarning aynan raqamlashtirish
yo‘nalishidagi o‘rinbosarlari lavozimlari joriy qilinganligi ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishining
bir omilidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra 2023-yilga borib
raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 hamda ushbu sohadagi
xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish nazarda
tutilgan.
Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha
rivojlanishiga xizmat qilishi qatorida odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini barcha
soha vakillari yaxshi tushunib yetmoqda.Raqamli iqtisodiyot quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
mehnat unumdorligini oshiradi;
korxonalar raqobatbardoshliligini oshiradi;
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi;
yangi sohalarda yangi ish joylari yaratiladi;
yangi biznes turlari paydo bo‘ladi.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinshidagi ma'lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni
qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi
tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu
onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va
boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan
faoliyatdir.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ma'lum kamchiliklarga va xatolarni inobatga olmagan
holda rivojlanayotgan jamiyat iqtisodiyotini raqamlashtirishda bu hodisalarning afzalliklari juda katta
va bu afzalliklar ancha muhim hisoblanadi. Barcha fikrlarimizda takidlab o‘tganimizdek, raqamli
texnologiyalar samarali foydalanish o‘z sohalarining narxini va ishlarning samaradorligini doimiy
ravishda kengaytirib kelmoqda. Jamiyatimiz uchun kerakli bo‘lgan vositalarni joriy etish,
|