• Radiotexnikaning asosiy vazifasi
  • Radio lotincha “radio”
  • Radioelektronikaning jadal rivojlanayotgan sohalari
  • Mustaqillik yillarida mamlakatimizda rivojlantirilgan sohalar
  • Radioelektoronika asoslari fani




    Download 465 Kb.
    bet2/10
    Sana06.12.2022
    Hajmi465 Kb.
    #33438
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Radioelektoronika asoslari fani

    Fanning vazifasi - talabalarga ma'lumotlarni hosil qilish, uzatish, qayta ishlash va saqlash jarayonlaridan boshlab murakkab radioelеktron sxеmalar ishlashining fizik asoslarini va ularni qo’llanishini o’rgatishdan iborat.
    • Radioelektronika XX asrning o’rtalarida radiotexnika va elektronika fanlarining yutuqlari asosida yuzaga kelgan fan sohasi hisoblanadi. Uning asosini radiotexnika fani tashkil etadi.
    • Radiotexnikaning asosiy vazifasi-elektromagnit to’lqinlar yordamida axborotlarni uzatish, elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash, elektr signallarini o’zgartirish va elektromagnit to’lqinlar yordamida mashina va mexanizmlarni ma`lum masofadan turib boshqarish kabi masalalar bilan shug’ullanadi. Radio lotincha “radio” so’zidan olingan bo’lib, nurlatmoq degan ma`noni anglatadi.
    • Elektronika-zaryadlangan zarralarning turli muhitlar: vakuum (gaz, qattiq jism) hamda ularning chegaralarida ro’y beradigan elektron jarayonlar haqidagi fan.
    • Elektronika-elektronlarning elektr va magnit maydonlar bilan o’zaro ta`siri natijasida yuzaga kelgan fizikaviy hodisalar va ularga asoslangan elektron asboblarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
    • Elektron va yarim o’tkazgichli asboblar hozirgi zamon radioelektron qurilmalarining asosini tashkil etadi.
    • Radioelektronikaning jadal rivojlanayotgan sohalari: mikroelektronika, funktsional elektronika va raqamli elektronika.
    • Bu fan sohalarining erishgan yutuqlari asosida:EHMlar, mikroprotsessorlar, robototexnikaning yangi avlodlari, nurtolali aloqa tizimlari axborot texnologiyalari va internet tizimlari yaratildi.
    • Mustaqillik yillarida mamlakatimizda rivojlantirilgan sohalar: robototexnika, komp’yuter texnikasi, axborot texnologiyalari va Internet tizimlari.
    • Radioelektron qurilmalardan samarali foydalanish sohalari: mikroelektronika qurilmalarini yaratish, texnologik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirish va fan-texnikaning muhim tadqiqotlarini o’tkazishga oid masalalarni yechishda.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 465 Kb.