• Integral mikrosxema deb
  • tranzistorlar va mikrosxemalar yaratilgandan keyin hisoblash texnikasi ham taraqqiy eta boshladi




    Download 465 Kb.
    bet7/10
    Sana06.12.2022
    Hajmi465 Kb.
    #33438
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Radioelektoronika asoslari fani

    tranzistorlar va mikrosxemalar yaratilgandan keyin hisoblash texnikasi ham taraqqiy eta boshladi. Buning natijasida elektronikaning turli-tuman yangi sohalari paydo bo’lib rivojlana boshladi. Masalan, sanoat elektronikasi, yadro elektronikasi, optoelektronika va hokazo.
  • - 1-rasmda elektronikaning tarmoqlari sxema ko’rinishida aks ettirilgan. Elektronikaning yangi istiqbolli yo’nalishlaridan biri mikroelektronika hisoblanib, uning asosiy vazifasi elektron apparaturalarni mikroixchamlashtirishni ta’minlash va ishonchliligi hamda samaradorligini oshirishdan iborat. Uning asosiy element bazasi alohida olingan diskret radiodetallar emas, balki integral mikrosxemalar hisoblanadi.
  • - Integral mikrosxema deb konkret vazifani bajaradigan kichik o’lchamli tugallangan elektron sxemaga aytiladi. U integral texnologiya asosida yasaladi. Elektron asboblarni yasalishi, tiplari va qo’llanilishiga qarab bir necha avlodga bo’lish mumkin. Bu haqda qisqacha to’xtalib o’taylik.
    • - Dastlabki elektron qurilmalar faqat lampalar asosida ishlar edi. Fan va texnikaning rivojlanishi bilan ularning soni va turlari ortib bordi. Keyinchalik elektron asboblarning chidamliligi, uzoq muddatga ishonchli xizmat qilishini ta’minlagan holda ularning hajmlarini kichraytirish, massasi va iste’mol quvvatini kamaytirishga harakat qilinadi.
    • - Yarim o’tkazgichlar texnikasining rivojlanishi yarim o’tkazgichli asboblarning ma’lum kombinastiyalangan tizimini bir qobiqqa joylashtirish imkoniyatini yaratdi. Bunday asboblar modul sxemalar yoki mikromodullar deb ataladi. Ularda o’ta ixcham qobiqsiz yarim o’tkazgichli asboblar, plyonkali qarshilik va kondensatorlar ma’lum sxema asosida bir qobiq ichida yig’iladi va biror bir elektron qurilmaning to’liq sxemasini tashkil etadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ular mikrosxemalar deb ataladi. Dastlabki mikrosxemalarning hajmida kamida 5 ta element (tranzistor, diod, rezistor va hk.) joylashgan bo’lib, ular biror elektron qurilmaning tugallangan sxemasini tashkil etadi.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 465 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    tranzistorlar va mikrosxemalar yaratilgandan keyin hisoblash texnikasi ham taraqqiy eta boshladi

    Download 465 Kb.