• To’rtinchi bosqich
  • Nanoelektronika
  • Radioelektoronika asoslari fani




    Download 465 Kb.
    bet9/10
    Sana06.12.2022
    Hajmi465 Kb.
    #33438
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Radioelektoronika asoslari fani

    Uchinchi bosqich: Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan 1948-yilda elektronikaning asosiy aktiv elementi bo'lgan bipolyar tranzistorning ixtiro etilishi bilan boshlandi. Bu ixtiroga Nobel mukofoti berildi. Tranzistor elektron lampaning barcha vazifalarini bajarishi bilan birga uning: past ishonchlilik, ko‘p energiya sarflash, katta o‘lchamlari kabi asosiy kamchiliklaridan xoli edi.
  • To’rtinchi bosqich: integral mikrosxemalar (IMS) asosida elektron qurilma hamda tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataldi.
    • Mikroelektronika - fizik, konstruktiv-texnologik va sxematexnik usullardan foydalanib yangi turdagi elektron asboblar - IMSlar va ularning qo'llanish prinsiplarini ishlab chiqish yo‘lida izlanishlar olib borayotgan elektronikaning bir yo‘nalishidir.
    • Hozirgi kunda telekommunikatsiya va axborotlashtirish tizimining rivojlanish darajasi tom ma’noda mikroelektronika va nanoelektronika mahsulotlarining ularda qo'llanilish darajasiga bog‘liq.
    • Birinchi IMSlar 1958-yilda yaratildi. IMSlaming hajmi ixcham, og‘irligi kam, energiya sarfi kichik, ishonchliligi yuqori bo'lib, hozirgi kunda uch konstruktiv-texnologik variantlarda yaratilmoqda: qalin va yupqa pardali, yarimo'tkazgichli va gibrid.
    • 1965-yildan buyon mikroelektronikaning rivoji G. Mur qonuniga muvofiq bormoqda, ya’ni har ikki yilda zamonaviy IMSlardagi elementlar soni ikki marta ortmoqda. Hozirgi kunda elementlar soni 106-109 ta bo'lgan o'ta yuqori (O'YUIS) va giga yuqori (GYUIS) IMSlar ishlab chiqarilmoqda.
    • Nanoelektronika: o'lchamlari 0,1 dan 100 nm gacha bo'lgan yarimo'tkazgich tuzilmalar elektronikasi bo'lib, mikroelektronikaning mikrominiatyurlash yo'lidagi mantiqiy davomi hisoblanadi. U qattiq jism fizikasi, kvant elektronikasi, fizikaviy-kimyo va yarimo'tkazgichlar elektronikasining so'nggi yutuqlari negizidagi qattiq jismli texnologiyaning bir qismini tashkil etadi.
    • Integral mikroelektronika va nanoelektronika bilan bir vaqtda
      Download 465 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 465 Kb.