• Elektron lampalar yordamida
  • Hozirda integral mikrosxema (IMS)




    Download 465 Kb.
    bet8/10
    Sana06.12.2022
    Hajmi465 Kb.
    #33438
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Radioelektoronika asoslari fani

    Hozirda integral mikrosxema (IMS) deb ataladigan yarim o’tkaz-gichli asboblar keng qo’llaniladi. Ular qurilmaning umumiy hajmini
  • 20000 martadan ortiq kichraytirish imkoniyatini beradi. IMS lar shunday tayyorlanadiki, uning barcha elementlari yoki ularning bir qismi ajralmas qilib bog’langan bo’ladi. Ular bir-biri bilan shunday tutashtirilganki, natijada ular bir butun qurilma bo’lib xizmat qiladi.
  • - Mikrosxemalarni turlarga ajratishda juda ko’p belgilarga asoslaniladi. Materialning turi, elementlarning soni, funkstional bog’lanish, qanday maqsadga xizmat qilishi, ishlab chiqarish texnologiyasi va boshqalar. Masalan, bajariladigan ishning turiga qarab kuchaytirgichlar, generatorlar, mantiqiy elementlar, ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab esa yarim o’tkazgichli, plyonkali, duragay va birlashtirilgan sxemalar mavjud.
  • - Integral mikrosxemalar funkstional bog’lanishiga qarab mantiqiy va analogli IMS larga bo’linadi. Integral mikrosxemalar hozirgi zamon elektronikasining eng muhim tashkil etuvchi tarkibiy qismidir.
    • Elektronikaning rivojlanishi elektron asboblar texnologiyasining takomillashuvi bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, hozirgi kungacha to‘rt bosqichni bosib o‘tdi.
    • Birinchi bosqich asboblari: rezistorlar, induktivlik g'altaklari, magnitlar, kondensatorlar, elektromexanik asboblar (qayta ulagichlar, rele va shunga o‘xshash) passiv elementlardan iborat edi.
    • Ikkinchi bosqich: Li de Forest tomonidan 1906-yilda triod lampasining ixtiro qilinishidan boshlandi. Triod elektr signallarni o'zgartiruvchi va eng muhimi, quvvat kuchaytiruvchi birinchi aktiv elektron asbob bo’ldi. Elektron lampalar yordamida kuchsiz signallarni kuchaytirish imkoniyati hisobiga radio, telefon so‘zlashuvlarni, keyinchalik esa, tasvirlarni ham uzoq masofalarga uzatish imkoniyati (televideniye) paydo bo‘ldi. Bu davrning elektron asboblari passiv elementlar bilan birga aktiv elementlar — elektron lampalardan iborat edi.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 465 Kb.