|
Radioelektronikada foydalaniladigan radiomateriallar va radiokomponentlar haqida umumiy ma’lumotlar
|
bet | 3/4 | Sana | 16.05.2023 | Hajmi | 240.5 Kb. | | #60213 |
Bog'liq Mustaqil ish Tourism in Uzbekistan, Mustaqil ish 2, 1682432875
Kondensator (lotincha: condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. Kondensatorning
sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor.
Sirtqi Kondensatorda suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt Kondensatorda suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday Kondensatorlar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini
ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr
Kondensator — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat.
Kondensatorning qogʻozli, gazeimon dielektrikli,
keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas,
oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. Kondensatorlar elektrotexnika va radiotexnika, televideniye, elektronika, hisoblash
texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi.
Induktor
Induktor (lot. induco — kiritaman, uygʻotaman) — 1)qizdirish I. i — qagtiq, suyuq va gazsimon oʻtkazgichlarni induksion qizdiradigan qurilma.
Oʻzgaruvchan magnit maydon hosil qiluvchi
induksiyalovchi simdan va qurilmaga elektr toki
keltiruvchi tok oʻtkazgichdan iborat; 2) telefon I.i — dastaki ishlatiladigan past (18 — 21 Gs) chastotali oʻzgaruvchan elektr tokida ishlaydigan magnito- elektr generator. I.ning aylanuvchi chu-lgʻamdan va ikki qoʻzgʻalmas toʻgʻri burchakli doimiy magnitdan iborat; qoʻzgʻalmas chul-gʻam va aylanuvchi koʻp qutbli halqasimon magnitdan iborat xillari bor .
harbiy va qishloq telefon aloqada, mahalliy bata- reyalarda ishlaydigan telefon tarmoqlarida
qoʻllaniladi;
|
| |