|
Радиотехник тизимлар назарияси асослари
|
bet | 29/112 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 20,58 Mb. | | #228451 |
Bog'liq Avtotransport tarmog\'i korxonalarini loyihalash M Musajonov (1)2.4.1. Ishlab chiqarish binolarining hajmiy-rejaviy yechimlari
Ishlab chiqaiish binolarining hajmiy-rejaviy yecliimlari bino konstmktsiyasi bilan uzviy bogTangandir.
Tshlab chiqarish binolariga boTgan asosiy talablar, binoning funksional vazifasidan kelib chiqib, iqlim sharoitini, zamonaviy qurilish talablarini,
91
binolami imkoni boricha birlashtirishni, texnologik jarayonlami o'zgartirish va ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bulardan eng asosiysi qurilishni industrlashtirishdir, ya’ni binolami
unifikatsiyalashtirilgan temir-beton konstruktiv elementlardan (fundament bloklari, ustunlar, balka, fenna va boshqalar) montaj qilishdir.
Qurilish konstruktsiyalari elementlaridan biri ustunlar to’ridir. To’r ustun qatorlari orasidagi qadam va oraliq bo’yicha masofalaming qiymati bilan o'lchanadi.
ATKlardagi bir qavatli binolarda ustunlarning quyidagi to'rlari qo'llanadi:
18x12;24x12;12x18x12; 12x24x12;18x18x18;24^24m.
Ko’p qavatli binolarda ustun to’rlari: 6X6; 6X9; 8X12; 9><12 m.
Binolaming poldan shiftgacha bo'lgan masofasi texnologik chtiyojlarga va osma kran balkalarning qo'llanishiga qarab qabul qilinadi.
Binolar xonalarining balandligi, ya'ni poldan to shiflgacha bo'lgan masofa eng baland avtomobilning ishchi holatidagi yuqori nuqtasidan 0,2 m baland bo'lishi, ammo 2,8 m dan kam boMmasligi kerak, ya'ni:
Hx011a=Havt + 0,2 m > 2,8 m. (2.139)
TXK va JT rnintaqalarining balandligi:
- ycngil avlomobillar uchun - 3,6...4,8 m;
- avtobuslar uchun - 4,8 m ;
- yuk avtomobillari uchun - 4,2 ... 6 m.
Ishlab chiqarish binosida TXK, JT postlari va ustaxonalami o'zaro joylashtirishda avtomobil turlariga va ish hajmiga qarab har xil variantlar qoMlanilishi mumkin.
2.4.2. TXK, JT va tashxislash mintaqalari, ustaxonalar va omborxonalarni o’zaro joylashtirishga boMgan asosiy talablar
Ishlab chiqarish ustaxonalari, omborxonalari va mintaqalarining joylashishini rcjalashtirish ulaming bir-biri bilan o’zaro bogMiqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish binosini rejalashtirish texnologik va qurilish talablari asosida quyidagi kctma-kcllikda amalga oshiriladi:
- texnologik hisoblar natijasida qabul qilingan maydonlari koTsatilgan barcha binolar ro'yxati keltiriladi va ulaming yong'in xavfsizligi bo’yicha toifasi ko'rsatiladi;
92
- ishlab chiqarish binosida joylashtiriladigan binolar tarkibi (bir blokdagi ishlab chiqarish binosi, bir blokdagi ishlab chiqarish va saqlash binosi, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish binolari, bir necha joylarda ohnashgan ishlab chiqarish binolari va boshqalar);
- mazkur binoda joylashtiriladigan ustaxonalar, omborxonalar, TXK va JT mintaqalari tarkibi aniqlanadi; ‘
-- binoning umumiy maydoni aniqlanadi;
- loyihaning qurilish qismini bajaradigan niutaxassislar bilan kelishilgan holda binoning oTchamlari tanlanadi, ustunlar toTi aniqlanadi;
- tanlangan bino sxemasida mintaqa, omborxona va ustaxonalami joylashtirish variantlari ishlab chiqiladi;
- ishiab chiqarish binosi bo'yining va enining o’zaro nisbati 1,5 ... 2 ga teng qilib olish maqsadga muvofiqdir;
- ustaxonalar maydoni rejalashtirilganda, agar ustaxona maydoni 100 md dan kam boTsa -20% va 100 m2 dan ortiq boTsa -10% hisobdagidan farq qilishi mumkin.
Rejalashtirish yechimlarida TXK va JT mintaqa postlari asosiy boTib, bajarilayotgan ish turlariga va vazifasiga qarab maxsuslashtiriiadi. TXK va JT mintaqalarining joylashishi ishlab chiqarish jarayonining sxemasi va chizmasiga qarab aniqlanadi. Mintaqalar shunday joylashishi kerakki, transport vositalarining yoTda yurishi qisqa boTishi va mancvr qilganda qiyinchilik tug'dirmasligi kerak.
Mintaqalar quyidagi ketma-ketiikda joyiashishi kerak:
KXK - TXK-J; KXK-TXK-2; KXK-TSh-1; KXK-TSh-2; KXK-JT; KXK-TXK-1-JT; KXK-TXK-2-JT. .
Agar ishlab chiqarish xonalari ikki binoda joylashsa, u holda birinchisida KXK, ikkinchisida TXK-1, TXK-2, TSh-1, TSh-2 va JT mintaqalari joylashishi kerak.
12>
|
| |