|
Радиотехник тизимлар назарияси асослари
|
bet | 61/112 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 20,58 Mb. | | #228451 |
Bog'liq Avtotransport tarmog\'i korxonalarini loyihalash M Musajonov (1)ITBni rivojlantirish va takomillashtirish yoTialishlari
ATK ITBsini rivojlantirish yangi qurilish va mavjud korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va qayta texnik jihozlash orqali amalga oshirilishi mumkin.
Yangi qurilish chog'ida loyiha asosida yangi nraydonda yangi korxona quriladi.
Agar mavjud ATICning filiali qurilsa. ishlab chiqarish bino va inshootlari kengaytirilsa yoki yangi qurilsa, rnavjud binoga qo'shimcha xonalar qo'shib qurilsa, korxona kengaytirilgan hisoblanadi.
Faoliyat kohsatayotgan asosiy ishlab chiqarish, maTnuriy- maishiy va texnik bino va inshootlaming eskirgan yoki talabga javob bennaydigan qismlari buzilib, o'miga takomillashgan yangisi qurilishi, yangi rusumli avtomobillarga TXK va JT hamda saqlash uchun yangi binolar qurilishi yoki qo'shilishi qayta qurilish deb ataladi.
Texnik qayta jihozlashda ilg’or texnologik jarayonlar, zamonaviy jihozlar, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish majmui vositalari hamda elektron-hisoblash texnikasi tatbiq etilib, TTBning samaradorligi oshiriladi.
ATK ITBsini takomillashtirishning ekstensiv va intensiv yoTlari mavjud boTib, birinchisi, asosan, ATKlarining yangilarini qurish va komplckslarini esa kengaytirishni nazarda tutadi. Hozirda bu yoT juda kam qoTlanilmoqda. NIIAT, MADI, “Giproavtotrans” va boshqa tashkilotlar o’tkazgan tadqiqotlar ko’rsatishicha, avtomobillarga TXK va JT ishlab chiqarishini
186
maxsuslashgan, kooperatsiyalashgan, markazlashgan va ilmiy asoslangan printsiplari asos bo’lgan ITB ning tashkili va takomillashuvining intensiv yo'liga o’tish korxonalaming texnik bazasi samaradorligini oshiradi.
Avtotransport korxonalari ishlab chiqarish texnik bazasini qayta qurish va qayta tcxnik jihozlash Ioyihalarini ishlab chiqishning xususiyatiari va asosiy bosqichlari
7 Faoliyat ko’rsatayotgan ATKlarni qayta qurish va qayta tcxnik jihozlash (qisqacha: qayta qurish) loyihalarini ishlab chiqish yangi korxona qurish loyihalarini ishlab chiqish nizom va printsiplari asosida olib boriladi.
Yangi qurilish va qayta qurish uchun umumiy bo'lgan tamoyil va qoidalar quyidagiJardan iborat:
- me’yoriy - texnik baza;
- texnologik hisoblar uslubiyati;
- bosh rejani tuzish va bino hamda inshootlarning hajmiy rejaviy ycchimlarini ishlab chiqishga bo'lgan talablar;
- ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishga boTgan talablar;
- qurilish qoida va me’yorlari va h.k. '
Qayta qurish loyihalarini ishlab chiqishning o’ziga xosligi : -
- loyihalash ATK hududidagi mavjud qurilishlar doirasida olib borilishi;
- korxonada bino va inshootlar mavjudligi va ularning konstruktiv hamda rejaviy yechimlarining xarakteri;
- ishchi postlar va jihozlaming mavjudligi hamda ulaming joylashuvi;
- muhandislik tizimlari va kommunikatsiyalaming tuzilishi hamda jojdashuvi va h.k. /
To'plangan tajribalar asosida qayta qurishda loyihalashning quyidagi bosqichlari shakllangan.
I bosqichda ATK hududidagi bino va inshootlar, ishchilar, TXK va JT
ishchi postlari va ularning jihozlari, ishlab chiqarish dasturi, ish hajmi va tashkili tahlil qilinadi hamda texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar qiymatlariga qarab qaysi sohada qayta qurish olib borilishi belgilanadi.
II bosqichda qayta qurish loyihasini bajarish uchun topshiriq tayyorlanadi va unda qo’shimcha bosh reja sxemasi, bino va inshootlar, ustaxona va mintaqalar jihozlanganlik holati keltiriladi.
III bosqichda qayta qurish loyihasi ishlab chiqiladi. Unda texnologik hisoblar, yangi (yoki to’g’rilangan) bosh reja sxemasi, bino va inshootlar hajmiy-rejaviy yechimlari, texnologik jihozlaming o'rnashtirilish rejasi keltiriladi.
187
IV bosqichda texnik-iqtisodiy sarrmradorlik aniqlanadi, qayta qmishgacha va qayta qurish loyihasidan keyingi ko'rsatkichlar solishtiriladi
va tahlil qilinadi.
Amaldagi loyihalarning ko’rsatkichlarini hisoblash uslubiyatida ATK loyihasini ITBsi bilan ta'minlanganligi va uning texnik iqtisodiy ko’rsatkich (TIK)larini o'rganish va tahlil qilish me’yoriy hujjatlarda (“Giproavtotrans”. TLUM - 01- 91) keltirilgan loyiha ko’rsatkichlari bilan taqqoslab amalga oshiriladi. Mazkur hujjatlarda keltirilgan me’yorlar istiqboldagi avtomobillar uchun ishlab chiqilgan. Shu sababli qayta qurilayotgan ATKlar uchun bu uslubni qo'llash kutilgan natijalami bermaydi. Faoliyat ko’rsatayotgan ATKlarni qayta qurish loyihalami ishlab chiqisbda TlKlarni hisoblashni takomillashtirilgan usulini qoTlash kerakli natijalami beradi. Bu takomillashtirilgan usulning mohiyati shundaki, rnavjud ATKning dastlabki maTumotlari va amaldagi “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va JT to’g’risidagi Nizom”da keltirilgan me'yorlar bp’yicha avval texnologik hisob bajarilishi hamda ATK loyihasi ishlab chiqilishi, TIKlar qiymati aniqlanishi, bu qiymatlami korxona ko’rsatkichlari bilan taqqoslanib, ATKni ITB va ishchi kuchlari bilan ta'minlanganlik darajasi tahlil qilinib, uni kelajakda takomillashtirish yoTlari aniqlanadi [9].
ATK TIKlari bo'yicha ITBni rivojlantirish yo’nalishining takomillashtirilgan usuli Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati avtotransport boshqarmasining 3-sonli avtokorxonasi va “0 ’zneftmahsulot” AK Uychi neftebazasi unitar korxonasini qayta qurishda qoTlanilganda quyidagi natijalar olindi: .
Uychi va 3-ATKlami ITB bilan ta'minlanganligi to’g’risida maTumotlar 2.43-jadvalda keltirilgan.
3-avtokorxonaning ITB va ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik darajasining soha me'yorlari bo'yicha tahlili shuni ko’rsatdiki, ishlab chiqarishdagi ishchilar soni me’yor qiymatlaridan keskin farq qiladi, ishlab chiqarish binolari va omborxonalar maydoni me'yordagidan ko’p, ya'ni ishlab chiqarish maydonlari bo’yicha zaxira mavjud, ma'muriy-maishiy binolar maydoni mc'yordagidan kam, harakatdagi tarkibni amaldagi saqlash maydoni avtomobillar turli rusumdaligi sababli me'yordan oshiq, ya'ni avtomobillar aralash joylashtirilgani sababli ma'Ium maydon yo'qotilgan, avtokorxona hududining maydoni me'yordan ko’p, sababi bino va inshootlar tarqoq holda joylashgan (2.54-rasm). Bu shuni ko’rsa-tadiki, avtokorxona bo’yicha texnologik hisobni aniqlashtirish va TIKlaming hisobiy qiymatlarini topish lozim.
188
|
| |