• 5. O‘z xatolarini tan olishadi
  • Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi




    Download 147,37 Kb.
    bet3/3
    Sana03.12.2023
    Hajmi147,37 Kb.
    #110259
    1   2   3
    Bog'liq
    Raxbarlik odobi va muomala madaniyati

    3. Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi


    • O‘zingizdagi yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishni xohlasangiz, o‘zingizni shunday tutingki, odamlar sizga ishonsin. Yaxshi rahbar uchun xodimlarining muhim masalalar bo‘yicha unga murojaat qilishi juda muhim. Ishonchli munosabatlar rahbarning ochiqligi, e'tiborliligi va adolatli ekanini bildiradi.

    • 4. O‘z kompaniyasi xodimlarining hayotini yaxshilashga harakat qilishadi

    • Haqiqiy yetakchi faqat o‘z qiziqishlari bilangina cheklanib qolishi kerak emas. U o‘z xodimlari uchun qayg‘uradi va ularning ehtiyojlariga e'tiborli bo‘ladi. Shu tariqa u kuchli va jipslashgan jamoani tashkil qiladi.

    • Rahbar ishchilar ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirish uchun o‘ziga o‘zi savol berishi kerak: xodimlarim ishxonada o‘zlarini qulay his qilishlari va o‘z ishlarini sevishlari uchun bugun nima qilishim mumkin?

    5. O‘z xatolarini tan olishadi


    • Kibr, noinsoflik va boshqalar fikrini inkor etish — rahbar xalos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar. Har bir inson shaxsiy nuqtai nazar huquqiga ega. Hattoki yirik tashkilot yetakchisi ham qayerdadir xato qilishi mumkin. Jamoa esa aynan g‘oyalar, fikrlar almashish va bir-biriga yordamlashish uchun ham kerak.

    • O‘z xatolarini tan olish - zaiflik belgisi emas. Aksincha, xodimlar bunday rahbarni hurmat qilishadi. Zero doim haq bo‘lgandan ko‘ra, vazifani to‘g‘ri bajarish muhimroq.

    • 6. O‘z pozitsiyalarida qat'iy turishadi

    • Yaxshi rahbar qat'iy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu sifat kompaniya jiddiy sinovlarga duch kelganida muhim qarorlar qabul qilish uchun ham zarur. U o‘z tamoyillaridan voz kechishi kerak emas. Haqiqiy yetakchi o‘zini ham, xodimlarini ham aldamay, doim vijdonan harakat qilishi kerak.

    Download 147,37 Kb.
    1   2   3




    Download 147,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi

    Download 147,37 Kb.