• 3. Kamgap bo‘ling
  • 5. So‘zlovchining gapini bo‘lmang
  • 7. Yoqimsiz kishilarning kamchiliklarini kuzating
  • 8. O‘zingizni maqtamang
  • 11. Salbiy mulohazalardan ehtiyot bo‘ling
  • Qo‘lingizdan kelmaydigan ishdan so‘z ochmang




    Download 194.59 Kb.
    bet3/4
    Sana12.05.2023
    Hajmi194.59 Kb.
    #58766
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Rahbarlik odobi va muomala madaniyati
    2045258, yoruglik, Амалиёт шартномаси lotin (2), Бизнес ҳуқуқи фанидан мустақил иш мавзулари, KT 4-laboratoriya, 3-dedline, Diplom, 1-mustaqil ish2 (2), Документ Microsoft Word, timsol 1 topshiriq 1, Destination A1, Operatsion tizimlar ISHCHI DASTUR 2022-2023 (4), Amaliy topshiriq, MEg6JPDlMrmPVDyfWYOyhuUezxzWouCOrK3mzZc1
    2. Qo‘lingizdan kelmaydigan ishdan so‘z ochmang Tilingizdan tasodifan asossiz gap chiqib ketuvchi vaziyatlardan uzoq turing. Ishonchingiz komil bo‘lmagan narsalarga boshqalarni ishontirishga urinmang. Yoki so‘zlayotgan gaplaringiz shunchaki taxmin yoki shaxsiy fikringizligini ochiqlang.
    3. Kamgap bo‘ling Bekordan-bekorga oraga suqilmang. Ozroq gapirish evaziga o‘zgalarni tinglash imkoniyatini yarating va yangi bilim, zakovat va malakaga ega bo‘ling.
    4. Vazmin bo‘ling Bahslar qaynagan vaqtda baqira ko‘rmang, o‘zingizni qo‘lga oling. Raqibingizni baland ovoz bilan emas, sog‘lom aql bilan jim qiling.
    5. So‘zlovchining gapini bo‘lmang Inson so‘zlayotganda har ne bo‘lsa ham uning gapini bo‘lmang. Oxirigacha tinglang. Shunda siz uni yaxshiroq tushunasiz va nisbatan munosibroq javob berishingiz mumkin bo‘ladi.
    6. So‘zlaringizni chamalab boring Avvalo o‘ylang yoki sukut saqlang. Aytmoqchi bo‘lganlaringizni ma’nosiga e’tibor qaratib, iboralaringizni chamalab oling. Bemulohaza odamlar so‘zlashni boshlamagunlaricha o‘ylashmaydi. Yoki gapirib bo‘lgandan keyin o‘ylashadi.
    7. Yoqimsiz kishilarning kamchiliklarini kuzating O‘ziga bino qo‘ygan va surbet kishilar orasiga tushib qolsangiz, ularning kamchiliklariga e’tiboringizni qarating va ehtiyot bo‘ling. Shunda suhbat davomida ham, umumiy muomalada ham ularning xatolaridan qochishning uddasidan chiqa olasiz.
    8. O‘zingizni maqtamang Maqtanmang va o‘z-o‘zingizni baholamang. Sizni maqtovchi faqat sizning tilingiz bo‘lsa, bu obro‘yingiz o‘ta past va tezlik bilan qulashda davom etayotganidan dalolatdir.
    9. Insonlar orqasidan salbiy gaplar so‘zlamang Davrangizda kimdir yo‘q bo‘lsa, uning ortidan iloji boricha faqat yaxshi so‘zlar aytishga harakat qiling. Salbiy mulohazalarga loyiq bo‘lmagan kishilar haqida hech qachon yomon so‘zlamang. Bu turdagi so‘zlashuvlar insonga yaxshiroq bo‘lishga yoki boshqalarni himoya qilishga xizmat qilsagina istisno bo‘lishi mumkin.
    11. Salbiy mulohazalardan ehtiyot bo‘ling Hech kimni tanqid qilmaslikka, tahdid qilmaslikka va kimningdir tomoniga qahrli so‘zlar aytmaslikka harakat qiling. Kishining xatosini ko‘rsatishingiz kerak bo‘lsa, eshituvchi kishiga noxush bo‘lmasligi uchun uni malomat va ginasiz aytish yo‘lini toping. Vaholanki bu kabi ta’nalar hech qachon foyda bermaydi, ammo dilni og‘ritadi va katta ehtimol bilan insonni sizga qarshi qayraydi.

    Download 194.59 Kb.
    1   2   3   4




    Download 194.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘lingizdan kelmaydigan ishdan so‘z ochmang

    Download 194.59 Kb.