Rahmonov, D. Yuldasheva




Download 11,28 Mb.
bet44/47
Sana02.02.2024
Hajmi11,28 Mb.
#150302
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
chizmachilik 9

1-chizma.


Siniq qirqim. 2-chizma, a da murakkab siniq qirqim namunasi ko‘rsatilgan. Qirqim yaqqol tasvirda qulay bo‘lishi uchun detalni shartli bu- rib tasvirlangan. Detalni o‘zaro kesishuvchi tekisliklar bilan kesish natijasida hosil bo‘lgan qirqim siniq qirqim deyiladi. Bu yerda A tekislik V ga parallel bo‘lib, V ga o‘zining haqiqiy kattaligida, A1 yordamida hosil bo‘lgan qirqim V ga o‘zgarib, ya’ni qisqarib proyeksiyalanadi (bu yerda ikkinchi A shartli A1 deb belgilandi). Chizmada bu ikkala tekislik hosil qilgan qirqimlarni bitta tekislikka keltirib tasvirlash zarur. Buning uchun A tekislik o‘z o‘rnida qol- dirilib, A1 ni chapdan o‘ngga A bilan bitta tekislik hosil qilguncha buriladi. Shunda A1 tekislikdagi tasvir ham V ga o‘zining haqiqiy kattaligida proyek- siyalanadi. Natijada, A va A1 dagi qirqimlar bir-biri bilan bitta tekislikka keltiriladi (2-chizma, b) va ikkala tekislikdagi qirqimlardan yaxlit bitta qir-


2-chizma.
qim hosil bo‘ladi. Chizmada bu tekisliklarning o‘zaro kesishishi, ya’ni siniq chizig‘i detalning V ga parallel simmetriya o‘qi bilan qo‘shilib qolgani uchun u joy shtrix-punktir chiziqda tasvirlanadi. Bu qirqimlarda qanday qirqim qo‘llanilganligini bilish kerak bo‘lsa, detalning ustki ko‘rinishiga qaraladi. Murakkab qirqimlar ma’lumot uchun berildi.
2- ILOVA

SXEMALAR


Buyumlarni loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foyda- lanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazolarning harakat (ish) jarayoni ketma-ketligi sxemalarda tushuntirish beriladi. Shu boisdan sxema loyihaga oid grafik hujjat hisoblanadi. Unda buyum (mashina) qism- larining tarkibi va mexanizmlarning vazifasiga ko‘ra harakat jarayonlarini aniqlash, ularni ishga sozlash va to‘g‘rilash hamda o‘rnatishda va ular ora- sidagi bog‘lanishlarni shartli belgilar bilan tasvirlovchi konstruktorlik hujjati sxema deyiladi.
Mashina va agregatlarda mexanik, ya’ni kinematik, gidravlik, pnevmatik harakatlari va elektr tarmoqlari mujassamlashgan bo‘ladi. Ularni ishlatishni osonlashtirish maqsadida, yig‘ish chizmalari qatorida sxemalari ham chiziladi.
Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan bitta ko‘rinishda, bitta tekislikda yoyilgandek chiziladi yoki aksonometrik proyeksiyada tasvirlanadi.
Mashina mexanizmlarida suyuqlik qo‘llanilsa gidravlik, havo yo‘li bilan ish bajarilsa pnevmatik sxemalari tuziladi. Masalan, mashina tormozlantiril-
ganda uning tizimida suyuqlik bo‘lsa gidravlik, havo yordamida tormozlansa pnevmatik sxema chiziladi.

Download 11,28 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Download 11,28 Mb.