31.2-chizma. EKSPLIKATSIYA:
1 – asosiy o‘quv binosi; 2 – ustaxona; 3 – basseyn (suzish havzasi); 4 – stadion;
5 – gimnastika sport zali; 6 – tasviriy san’at to‘garagi xonasi; 7 – kurash xonasi; 8 – musiqa to‘garagi xonasi; 9 – xo‘jalik xonasi; 10 – gulzor va favvora; 11 – hojatxona; 12 – agrouchast- ka; 13 – oshxona; 14 – meteouchastka; 15 – tibbiy ko‘rik xonasi; 16 – gulzor; 17 – garaj.
qavatlararo yopma, chordoq va uning yopmasi, karniz, tomning nishablari ko‘rsatiladi. Binoning balandlik o‘lchamlari, yer sathining belgisi, pol, xona balandliklari, karniz, shift, tomning balandlik belgilari qo‘yiladi. Zinaxonadagi zina maydonchalari, zina pillapoyalari, eshik, derazalarning o‘rnilari tasvirla- nadi. Poydevorning chuqurligi, shakli va boshqalar ko‘rsatiladi. 32.1-chizma, c da 1–1 va 32.2-chizma, c da 1–1 qirqim tasvirlangan.
31.3-chizma.
31.4-chizma.
Binoning fasadi. Binoning olddan qirqim qo‘llanilmagan tasviri fasad deyiladi. Fasadlarni bino plani va qirqimiga qarab tasvirlash qabul qilingan. Fasadda binoning old tomonidan tashqi ko‘rinishi tasvirlanadi. Fasadda yer sathi, deraza, eshik, tom va boshqa balandliklar belgilari qo‘yilishi mum-
kin (32.1-chizma, b va 32.2-chizma).
Qurilish chizmalarida kichraytirish masshtablari qo‘llaniladi. Bosh plan- lari M 1 : 500 yoki M l : 1000 da chiziladi. Binolarning katta va kichikligiga qarab ular M l : 100 yoki M l : 50 da chiziladi. Bitta chizmada bino va uning elementlari turli masshtablarda chizilishi mumkin. U vaqtda har bir tasvirga uning masshtabi yoziladi.
Qurilish chizmalaridagi chiziqli o‘lchamlar, asosan, mashinasozlik chizmalaridagidek millimetrlarda qo‘yiladi. Ba’zida santimetrlarda ham-
da belgilar metr va santimetrlarda qo‘yilishi mumkin. Belgining bir uchi strelka, ikkinchi tomoni tokcha bo‘lib, unga belgi qo‘yiladi. O‘lchamlarni yopiq zanjir tarzida qo‘yish qabul qilingan. O‘lcham chiziqlarining chiqa- rish chiziqlari bilan kesishgan joylariga 45° qiyalikdagi shtrix chiziqchalari chiziladi.
|