|
-§. KOMPYUTERDA TO‘G‘RI CHIZIQ, BURCHAK VA TEKIS SHAKLLARNI YASASH
|
bet | 35/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9
Kompyuterni texnologik jarayonga tatbiq qilish, bir xil hisoblash- larning katta qismini bajarishdan ozod qiladi. Ilmiy tekshirish ishlarida qaysi konstruksiya afzalligini tanlashga imkon beradi. Hozirgi shaxsiy elektron hisoblash mashinalari displey ekranida grafik tasvir chiqarish im- koniyatiga ega. Shuning uchun elektron hisoblash mashinalaridan chizma- chilar, konstruktorlar, loyihachilar mehnatini avtomatlashtirishda foydala- nadilar.
Displey ekranida chizma chizish uchun kompyuterdan foydalanuvchi «In-
formatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim, ayniqsa, kompyuter grafikasi bo‘limini.
Grafik muharrirlarning Pikture Maker (PM), Paintbrushe, Paint, Corel Draw, Windows tizimining tarkibiga kiritilgan Bloknot, Word Pad va hokazo, AutoCAD, Beysik, Flatron kabi dastur turlari mavjud bo‘lib, ularning orasida Paint grafik muharriri keng tarqalganligi hisobga olindi.
Maktablarda imkoniyatiga qarab xohlagan dasturdan foydalanib dars o‘tilishi lozim.
Kompyuterda grafik ko‘rinishdagi shakllarni uskunalar majmuasi yordamida chizish. Kompyuter grafik muharriri ishchi maydonining chap tomonida uskunalar majmuasi joylashgan bo‘lib, uning yordamida turli grafik ko‘rinishidagi shakllarni chizish, qirqish, ajratib olish, nusxalash, burish kabi ishlar bajariladi.
Kompyuter ekranida to‘g‘ri chiziq va uning elementlarini chizish uchun nima qilinadi?
Uskunalar majmuasidagi belgi qanday shakllarni chizishga mo‘ljallangan?
To‘g‘ri chiziq chizish. Uskunalar majmuasidan dastlab \ belgi, so‘ngra chiziq qalinligi tanlanib, to‘g‘ri chiziq chizish mumkin. Vazifa. Turli to‘g‘ri, shtrix- punktir va shtrix chiziqlar chizing.
Burchak yasash va uni teng bo‘laklarga bo‘lish. Uskunalar majmuasi- dan \ belgi, keyin chiziq qalinligi tanlanib, o‘tkir, o‘tmas, to‘g‘ri burchaklardan birini, masalan, to‘g‘ri burchakni chizib olinadi. Endi uni teng ikkiga bo‘lish uchun O nuqtasidan burchak tomonlariga bir xil kattalikdagi masofa o‘lchab qo‘yiladi. Hosil qilingan 1 va 2 nuqtalardan burchak tomonlari 01 va 02 larga parallel chiziqlar chizilsa, ular o‘zaro kesishib, 3 nuqtani hosil qiladi. 3 nuqta
0 nuqta bilan tutashtirilsa, burchak teng ikkiga bo‘linadi (28.1-chizma, a). Shu tartibda har qanday burchakni teng bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Masalan, 28.1-chizma, b. Vazifa. Ushbu usuldan foydalanib, ixtiyoriy kattalikda chizil- gan, turli ko‘rinishdagi burchaklar 2 qismga bo‘linsin.
To‘g‘ri to‘rtburchak chizish. Uskunalar majmuasidan belgi, so‘ngra chiziq qalinligi tanlanib, turli to‘rtburchaklar chizish mumkin. Vazifa. Kub va paralle- lepiped ko‘rinishlarini chizing (28.2-chizma, a).
|
| |