Rahmonov, D. Yuldasheva




Download 11,28 Mb.
bet31/47
Sana02.02.2024
Hajmi11,28 Mb.
#150302
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
chizmachilik 9

26.2-chizma.
Spetsifikatsiya yig‘ish chizmalarni o‘qishni osonlashtiradi. Uning o‘lchamlari 20.3-chizmada ko‘rsatilgan.
Spetsiflkatsiyaning birinchi ustuniga chiz- madagi detal belgisining tartib raqami yuqo- ridan pastga qarab yoziladi. Ikkinchi ustunda detallar nomlari yoziladi. Uchinchi ustunda detallar soni ko‘rsatiladi. To‘rtinchisida de- tallar qanday materiallardan tayyorlanganligi yoziladi va beshinchisi eslatma uchun ajra- tilgan bo‘lib, unda qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Spetsifikatsiyadan qanday foydalanish mumkin? Masalan, 26.5-chizmadagi birinchi ustundagi vaziyat (vaz.) 3 orqali u qanday detal ekanligini aniqlash lozim bo‘lsa, yig‘ish chizmasidagi vaz. 3 ni qidirib topiladi. 3 os- tidagi tokcha chizig‘ining ikkinchi uchi nuqta bilan tamomlanib, izlayotgan detalga borib taqaladi. 3 raqamli detalning nomi, soni va qanday materialdan tayyorlanganligini bilish maqsadida spetsifikatsiyaga murojaat qilina- di. Undan detal nomi planka ekanligi va u 1 dona po‘latdan yasalganligi aniqlanadi.
Yig‘ish chizmalarida detalni ko‘rsatuvchi

chiziq ingichka tutash chiziqda chiziladi. Ularning bir uchi tokcha bilan, ikkinchi uchi detalda nuqta bilan yakunlanadi. Tokcha ustiga navbati bilan tartib raqamlari yoziladi. Raqam chizma uchun tanlangan o‘lcham raqam- laridan kattaroq yoziladi. Detallardan chiqarilgan chiziqlarning tokchalari bitta vertikal ustun qilib chiziladi yoki gorizontal chiziqqa joylashtiriladi. Bitta detalga bir marta chiqarish chizig‘i chiziladi. Guruh detallar uchun bit- tasidan chiqarish chizig‘i va vertikal ustunga tokchalar chiziladi (26.6-chiz- ma). Kesim yuzasi qoralatib bo‘yalgan detallarga chiqarish chizig‘idagi nuqta o‘rniga strelka qo‘yiladi (26.6-chizma).



    1. Detal qanday buyumga kiradi? Yig‘ma birikma-chi?

    2. Yig‘ish chizmasi nima? U nima uchun kerak?

    3. Spetsifikatsiya nima? Unda nimalar aks ettiriladi?








  1. – Chizmachilik 9, uzb.


Download 11,28 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Download 11,28 Mb.