|
Rahmonov, D. Yuldasheva
|
bet | 28/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 924.2-chizma.
baning katta diametri kontur chiziqda tasvirlanadi. Ya’ni, rezbaning tashqi diametri asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda chiziladi. Rezbali teshik sterjenga o‘yilgan rezba bilan almashadi (24.1-chizma, b). Shpilka uchi rezbasigacha burab kiritiladi. Shuning uchun uya chegara tekisligi chizig‘i bitta chiziqda tasvirlanadi.
Biriktiriladigan detal, shayba va gaykalar chiziladi. Gaykaning faskasi, detal va shpilka sterjeni oralig‘ida tirqish (zazor), shpilka faskalari chiziladi. O‘lchamlari qo‘yiladi va chizma taxt qilinadi (24.1-chizma, c).
Shpilkali birikmani ham ikkita ko‘rinishda shartli soddalashtirib tasvirlash mumkin (24.1-chizma, d).
Shpilka uyasining chuqurligi qanday aniqlanadi?
Shpilkaning uzunligi l qanday aniqlanadi?
Yig‘ish chizmasida rezbalarning qaysi diametri asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda tasvirlanadi?
d = 30 mm li biriktiriladigan detal qalinligi a = 35 mm metrik rezbali shpilka birikmasini chizing.
Shpilka uyasi, biriktiriladigan detal, shpilka va shaybalar berilgan (24.2-chiz- ma). Shartli soddalashtirilgan shpilkali birikmani chizing.
grafik ish. Rezbali birikmalar. Boltli yoki shpilkali birikma chiziladi. Bu grafik ishda birikma shartli soddalashtirilgan ikkita ko‘rinishda bajariladi.
24.3-chizma.
Ajralmaydıgan bırıkmalar
Hayotda shunday birikmalar kerakki, ularning elementlarini bir-biriga qo‘zg‘almaydigan qilib o‘ta mustahkam birlashtirish talab qilinadi. Masalan, avtomobil motori va boshqa buyumlarini payvandlash (parchinlash) yo‘li bilan ajralmaydigan qilib bajarilgan ramaga o‘rnatiladi.
|
| |