|
Rahmonov, D. Yuldasheva
|
bet | 26/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9Shpilka uyasi. Shpilkaning rezbali teshikka burab kiritiladigan uchiga moslashtirilib chiziladi (22.8-chizma, b). d = 24 mm, d1 = 0,85d, t = l1 + 0,5d. Bu joyda shpilkaning uyaga burab kiritiladigan uchi, 0,5 d – shpilka uchidan keyin qoladigan zaxira.
Shayba. Shayba bolt yoki shpilkaning sterjeni diametriga moslashtiri- lib chiziladi. Shaybaning boltga kiydiriladigan teshigi diametri do= 1,1d, D0= 2,2d, h = 0,l5d, c = 0,25h larda chizilishi 22.9-chizmada ko‘rsatil- gan.
Shpilka uyasidagi rezbaning kichik diametri qanday chiziqda tasvirlanadi? Katta diametri-chi?
Shpilka qanday sharoitlarda qo‘llaniladi? Shayba-chi?
d = 30 mm va l = 80 mm bo‘lgan metrik rezbali shpilkani chizing.
d = 30 mm li shpilkaga mo‘ljallangan shaybaning chizmasini chizing.
22.8-chizma. 22.9-chizma.
23-§. BOLTLI BIRIKMANI CHIZISH
Texnikada rezbali birikmalar ko‘p ishlatiladi. Ular boltli, shpilkali va vintli birikmalar hisoblanib, ularni shartlilik qo‘llanilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishda chizish mumkin.
Boltli birikma. Birikmada boltning uzunligi biriktiriladigan detallar qa- linligiga bog‘liq. Biriktiriladigan detallardan birining qalinligi a = 25 mm, ikkinchisining qalinligi b = 35 mm berilgan bo‘lsa, ularga shayba qalinligi h, gayka balandligi H va gaykadan boltning rezbali uchi chiqib turadigan zaxira k = 0,25d lar yig‘indisidan iborat, ya’ni bolt uzunligi l = a + b + h +
+ H + k (23.1-chizma, a).
Misol. Biriktiriladigan detallardan birining qalinligi a = 25 mm, ikkinchi- siniki b = 35 mm va boltning rezbasi d = 24 mm berilgan bo‘lsin. Boltli birik- ma chizmasini chizing.
Simmetriya o‘qi chiziladi. Unda aniqlangan bolt uzunligi belgilanadi. Boltning kallagi balandligi H uning uzunligiga kirmaydi, uni l dan tashqa- riga qo‘yiladi. l oralig‘ida biriktiriladigan detallar qalinligi a va b, shayba qalinligi h, gayka balandligi H va k o‘rinlari ingichka yordamchi chiziqlar-
da belgilab chiqiladi. Biriktiriladigan detallar teshigi do= 1,1 d = 26 mm da chiziladi. Boltli birikmaning ustdan ko‘rinish o‘rni aniqlanadi va u joy ingichka chiziqda belgilanib, birikti- riladigan detallar chegarasi ham ingichka chi- ziqda chiziladi (23.1-chizma, a).
Bolt, shayba va gaykalar chiziladi. Ust- dan ko‘rinishida gayka va shayba chiziladi (23.1-chizma, b). Ustdan ko‘rinishda bolt uchi tasviri chiziladi, ya’ni rezba sterjenda o‘yilgani ko‘rsatiladi.
Gayka va bolt faskalari chizilib, chizma taxt qilinadi (23.1-chizma, c). Yig‘ish chizma- larida bolt, gayka, shaybalar qirqimga tushsa ham standart talabiga ko‘ra ular qirqilmay tas- virlanadi.
Biriktirilayotgan detallar kesim yuzalari- ning shtrixlari bir-biriga qarama-qarshi chizi- ladi. Yig‘ish chizmalarida ikki xil detal yonma- yon to‘g‘ri kelib qolsa ham ularning kesim
yuzalari bir-biriga qarama-qarshi qilib shtrixlanadi.
|
| |