• 20.1-chizma. 20.2-chizma. 20.3-chizma. Gabarit chizma
  • Sxema
  • Rahmonov, D. Yuldasheva




    Download 11,28 Mb.
    bet22/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9

    Umumiy ko‘rinish chizmasi – buyum konstruksiyasi asosiy tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘lanishi va buyumning ishlash prinsiplarini aniqlovchi hujjat.
    Nazariy chizma – buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini aniqlovchi hujjat.


    20.1-chizma.
    20.2-chizma.


    20.3-chizma.
    Gabarit chizma – buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va uning gabarit, o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari ko‘rsatilgan hujjat.
    Montaj chizmasi – buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va bu- yumning montaji (o‘rnatilishi) uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan huj- jat. Montaj chizmalarga buyumni o‘rnatish uchun alohida tuzilgan poydevor chizmalarini ham kiritish mumkin.
    Sxema – buyum yoki uning qismlari va ularning o‘zaro bog‘lanishining shartli ravishda tasviri ko‘rsatilgan hujjat (ilova 2 ga qarang).
    Spetsifikatsiya – yig‘ish birligi, komplekt va komplekslarning tarkibini aniqlovchi hujjat, masalan, yig‘ish chizmalari uchun tuziladigan spetsifikat- siya (20.3-chizma).
    Konstruktorlik hujjatlari loyihalash darajasiga qarab loyiha va ish chiz- malariga bo‘linadi.
    Loyiha hujjatlariga texnikaviy takliflar, eskiz va loyihalar kiradi. Ish huj- jatlariga (chizmalar) buyumlar va ularning tarkibiy qismlarini ishlab chiqa- rish, nazorat qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ish hujjatlari chizmalari kiradi.
    Spetsifikatsiya qanday hujjat?
    A. Sxema. B. Yig‘ish birligi tarkibini aniqlovchi.
    C. Detal. D. Nazariy chizma.
    1. §. AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR


    Biriktirish detallari deyarli barcha mashina va mexanizmlarda qo‘llaniladi. Ularning ko‘pchiligini aniq chizish uchun ancha vaqt va mablag‘ kerak bo‘ladi. Shu sababli ham bu detallarni chizishda turli ko‘rinishdagi shartlilik va soddalashtirishlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Buyumlarni yig‘ish jarayonida, uni tashkil qiluvchi detallarni bir- biri bilan mahkamlash uchun turli ko‘rinishdagi biriktirish usullari qo‘llaniladi. Ular, umuman olganda, ajraladigan va ajralmaydigan birikma turlariga bo‘linadi.
    Agar birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilmasa, u holda bun- day birikma ajraladigan birikma deyiladi. Ularga boltli, shpilkali, vintli, shtiftli, shponkali, shplintli, shlitsali (tishli) birikmalar kiradi.
    Birikmalarni ajratishda birikma detallari sindirilsa, ular ajralmaydigan birikmalar deyiladi. Ularga parchin mixli, payvand chokli, kavsharlangan, tikish, yelimlash kabi birikmalar kiradi.
    21.1-chizmada shartli suv o‘lchagich kamerasining yaqqol tasviri berilgan bo‘lib, unda detallarni biriktirish usullarining deyarli barchasi ko‘rsatilgan:
    a – boltli birikma buyum korpusiga qopqog‘ini mahkamlashda eng ko‘p qo‘llaniladigan birikma. Korpus va qopqoqning quloqlari teshiklaridan bolt o‘tkazilib, unga shayba kiydiriladi va gayka bilan burab qotiriladi;
    b – payvand chokli birikma ikkita detalni bir-biri bilan ajralmaydigan qilib biriktirishda ishlatiladi;
    c – shpilkali birikma korpus tanasida boltga mo‘ljallangan quloq bo‘lmagan taqdirda tatbiq qilinadi. Shpilka uchun korpusda rezbali teshik ochiladi va unga shpilka burab kiritiladi. Qopqoq, shayba tushiriladi va gayka bilan qotiriladi; d – parchin mix chokli birikma uncha qalin bo‘lmagan yupqa (listli) metall
    materiallarini bir-biri bilan biriktirishda qo‘llaniladi;
    e – quvur rezbali birikma. Metall quvurlarni bir-biri bilan yoki korpusga ulashda mustahkam birikma hisoblanadi;
    f – vintli birikma uncha katta bo‘lmagan detallarni o‘zaro mahkamlashda turli ko‘rinishdagi vintlardan foydalaniladi. Vintlar uchun rezbali teshiklar ochiladi va qopqoq qo‘yib, teshiklari orqali vintlar burab kiritiladi hamda qotiriladi.
    g– qistirma-rezina, charm, kartondan kabi ashyolardan yasaladi.
    21.2-chizma, a, b da shponkali, shtiftli, 21.3-chizmada shlitsali (tishli) birikmalar ko‘rsatilgan:
    a – shponkali birikmadan turli g‘ildiraklarni vallarga biriktirishda qo‘lla- niladi. Shponka uchun valda ariqcha (paz) ochiladi va unga shponka bosim ostida joylashtiriladi. G‘ildirakda shponka uchun ariqcha qirqiladi. Tishli g‘ildirak valga surib kiritiladi va chiqariladi;




    Download 11,28 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




    Download 11,28 Mb.