• Detal chizmasi
  • Standart detallar va o‘zaro almashuvchanlik




    Download 11,28 Mb.
    bet21/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9

    Standart detallar va o‘zaro almashuvchanlik. Texnikaning barcha so- halarida qo‘llaniladigan bir xildagi detallar ko‘plab uchraydi. Ularga turli boltlar, shpilkalar, vintlar, gaykalar, shaybalar, shponkalar, shtiftlar, prujinalar, parchin mixlar, burama mix (shurup)lar, turli vallar, o‘qlar, relslar, prokatlar, qistirma kabilar kiradi.
    Bunday detallar ishlab chiqarishning turli sohalarida qo‘llanilgani uchun ular standartlashtirilgan. Har bir buyum uchun standart joriy qilingan. Ma- salan, boltni olsak, tatbiq qilinadigan joydagi teshikning diametri va de- tallarning qalinligi ma’lum bo‘lsa yetarli. Standart asosida joriy qilingan jadval bo‘yicha kerakli diametr va uzunlikdagi tayyor boltni jamg‘armadan olib ishlatiladi.
    Standartlashtirish kundalik hayotimizdagi bir turdagi buyumlarning detallarini bir-biri bilan almashtirishga imkon beradi. Masalan, bir xil markadagi avtomobillarning detallari bir-biriga to‘g‘ri keladi va buzilga- nini darhol almashtirishga imkon bo‘ladi.
    Hozirgi ishlab chiqarishni avtomatlashtirish jarayoni kuchaygan davr- da har bir detal va buyumlarni aniq standart talabiga ko‘ra bir-biri bilan almashtirishni joriy etish talab qilinadi. Shuning uchun mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni o‘ta aniqlikni talab qiladi. Shundagina buyumlarni o‘zaro almashtirishda qiyinchilik tug‘ilmaydi.


    Konstruktorlik hujjatlarining turlari


    Konstruktorlik hujjatlariga standartga muvofiq grafik va matnli hujjatlar kiradi. Bu hujjatlar ayrim yoki yig‘ilgan holda buyumning tarkibi va tuzilishi yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
    Detal chizmasi detalning tasviri, uni tayyorlash va nazorat qilish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat (20.1-chizma).
    Yig‘ish chizmasi – buyumning tasviri, uni tayyorlash, yig‘ish va nazorat qilish uchun kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat. Yig‘ish chizmalariga gidromontaj, pnevmomontaj, elektromontaj kabi chiz- malarni ham kiritish mumkin (20.2-chizma).

    Download 11,28 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




    Download 11,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standart detallar va o‘zaro almashuvchanlik

    Download 11,28 Mb.