• 5-grafik
  • 19.3-chizma.
  • Rahmonov, D. Yuldasheva




    Download 11,28 Mb.
    bet20/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9

    19.1-chizma. 19.2-chizma.
    Berilgan detalning fazoviy holatini (19.1-chizma, a) ko‘rsatilgan burchak- ka o‘zgartirilgan vaziyati 19.1-chizma, b da tasvirlangan. O‘zgartirilmagan holatdagi ko‘rinishlari (19.1-chizma, a) solishtirib ko‘rish orqali farqi aniq- lanadi.
    Misol. O‘choqqa mo‘ljallangan qozonni (19.3-chizma, a) diametri d va ba- landligi h ni saqlagan holda uni gaz plitasiga moslashtirib qayta loyihalansin. Bu yerda yarim sferali qozonning asosini gaz plitasida mustahkam turadigan shaklda konussimon ko‘rinishda qayta loyihalash ko‘rsatilgan
    (19.3-chizma, b).


    Loyihalashga doir ishlar nimalardan iborat?

    19.2-chizmada berilgan detal holati 90° burchakka o‘zgartirilsin.


    5-grafik ish. Loyihalash.



    Qanday masala ijobiy hisoblanadi?

    1. Javobi bitta bo‘lsa.

    2. Javobi yo‘q bo‘lsa.

    3. Javobi ko‘p bo‘lsa.

    4. Javobi noma’lum bo‘lsa.

    19.3-chizma.

    18.4-chizma, B dagi detalni mantiqiy fikr yuritib, uni chap yoki o‘ng tomonga 90° ga burilgan holatini kompyuterda bajaring.

    20-§. MASHINASOZLIK CHIZMALARI. BUYUM VA KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING TURLARI


    Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan har qanday narsa yoki narsalar to‘plami umumiy nom bilan buyum deb ataladi.
    Buyumlar detallar, yig‘ish birliklari, kompleks va komplektlarga bo‘linadi.
    Detal – bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan (yig‘ish jarayon- lari qo‘llanilmagan) yasalgan bo‘ladi.
    Yig‘ish birligi – tayyorlovchi korxonalarda tarkibiy qismlari o‘zaro yig‘ish jarayonlari bilan biriktiriladigan buyumlar.
    Kompleks – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashti- rilmagan, ammo bir-biriga bog‘liq ekspluatatsion vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan ikki va undan ortiq buyum.
    Komplekt – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlari bilan birlashtiril- magan, biroq umumiy yordamchi vazifalarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq buyum to‘plami. Masalan, ehtiyot qismlar to‘plami.

    Buyumlarning tarkibi va tuzilishi konstruktorlik hujjatlari bilan aniqla- nadi.

    Download 11,28 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




    Download 11,28 Mb.