|
l-§. 8-SINFDA CHIZMACHILIKDAN OLINGAN BILIMLARNI QISQACHA TAKRORLASH VA UMUMLASHTIRISH
|
bet | 2/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9 l-§. 8-SINFDA CHIZMACHILIKDAN OLINGAN BILIMLARNI QISQACHA TAKRORLASH VA UMUMLASHTIRISH
Detalning tasvirini chizishda uning ko‘rinishlari sonini kamaytirish maq- sadida barcha shartlilik va soddalashtirishlardan foydalaniladi.
Quyida 8-sinfda o‘tilgan ba’zi mavzularni qisqacha takrorlash maqsadida mashqlar berilgan. Ushbu berilgan mashq (yoki shunga o‘xshash) model- lardan birortasining eskizini (1.1-chizma), chapdan ko‘rinishini (1.2-chizma) va texnik rasmini hamda detal qanday geometrik jismlardan tashkil topgan- ligini (1.3-chizma) tahlil qilishni takrorlagandan keyin, o‘quvchilar o‘zlari o‘qituvchi nazoratida istagan variantni mustaqil bajarishlari lozim.
Detalning asli (yaqqol tasviri)ga qarab uning kerakli ko‘rinishlarini chizing va boshqa detalning eskizini bajaring (1.1-chizma).
Detalning berilgan ko‘rinishlarini ko‘chirib chizing va chapdan ko‘rinishini aniqlang va texnik rasmini bajaring(1.2-chizma).
Detal qanday geometrik jismlardan tuzilganligini tahlil qiling va har bir jismni turli ranglarga bo‘yab chiqing (1.3-chizma).
Mashqlar bajarilgandan keyin 8-sinfda olgan bilim va ko‘nikmalar umum- lashtiriladi. O‘quvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar chizib ko‘rsatiladi hamda ko‘rgazmali qurollar yordamida tushuntiriladi.
sinfda bunday xatolar takrorlanmasligi uchun o‘quvchilar bilan savol- javob orqali o‘tilgan mavzularni mustahkamlab borish lozim.
1.1-chizma.
1.2-chizma.
1.1-chizmada detallar qanday aksonometrik proyeksiyada tasvirlangan?
1.2-chizmadagi detallar qanday ko‘rinishlarda berilgan?
1.3-chizmadagi detallar nima uchun bitta ko‘rinishda tasvirlangan? Ular qanday geometrik jismlardan tuzilgan?
1.3-chizma, a yuzasidagi X belgi nimani ifodalaydi?
Chizmalarga o‘lchamlar qo‘yishda eng avval nima tanlab olinadi?
Buyumning bazasi.
Buyumda detal holati.
O‘lcham chiziqlari va o‘lcham sonlari.
Detalning tayyorlash jarayonidagi holati.
|
| |