|
Kesim hosil qilish va uni belgilash
|
bet | 4/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9Kesim hosil qilish va uni belgilash. Kesuvchi tekislik detal konturiga nisbatan perpendikulyar qilib o‘tkaziladi (2.1-, 2.3- va 2.4-chizmalar). Bu tekislik detal ko‘rinishida ham uning konturiga perpendikulyar bo‘ladi. De- tal konturi 2.2- chizmadagidek simmetriya o‘qiga nisbatan parallel bo‘lmasa, A tekislik detalning simmetriya o‘qiga perpendikulyar qilib o‘tkaziladi.
Yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik to‘liq ko‘rsatilsa, detal ko‘rinishida uzuq yo‘g‘on chiziqlar kesmasi tarzida chiziladi. Ular kesuvchi tekislikning izlari hisoblanadi. Bu kesim chiziqlari detalning kontur chizig‘iga nisbatan 1,5–2 barobar qalinroq chiziladi. Unga qo‘yilgan yo‘nalish ko‘rsatkichi (strelka) kontur chizig‘iga nisbatan ikki marta ingichka bo‘ladi (2.4-chizma). Kesimni belgilovchi tekislik belgisi A yo‘nalish ko‘rsatkichining ustida va ostida yoki tashqi tomonlarida yozilishi mumkin. Yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik bel- gisi A bir marta yozilsa, detal chizmasida A–A ko‘rinishida yoziladi.
2.2-chizma. 2.3-chizma.
2.4-chizma.
Hosil bo‘lgan kesim yuzasi chizmaning bo‘sh joyiga ko‘rsatilgan yo‘nalish tomoniga nisbatan 90° ga burib tasvirlanadi. Shunda kesim kuzatuvchiga nis- batan frontal joylashadi (2.4-chizma, c).
Kesim va qirqimlar bir xil belgilanadi (2.4-chizma, a). Ko‘rsatkich (strel- ka)ning shakli va o‘lchamlari 2.4-chizma, b da ko‘rsatilgan.
Kesim qo‘llanilganda detallarning kesilgan yuzalarini standartga muvofiq shartli belgilash qabul qilingan. Chizmada materiallarni tez va oson farqlash maqsadida ular turli ko‘rinishda shtrixlanadi.
2.5-chizma.
Materiallarning kesimda grafik belgilanishi. Detal chizmasida kesim yoki qirqim qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha joy yuzalari ma’lum tartibda belgi- lanishi lozim. Detal metalldan yasalgan bo‘lsa, kesim yoki qirqim 2.5-chiz- madagidek shtrixlab chiqiladi. Shtrix chiziqlari detalning asosiy kontur (ho- shiya chizig‘i) yoki o‘q chizig‘iga nisbatan 45° burchak ostida o‘ng yoki chap tomonga qiyalatib chiziladi. Shtrixlar ingichka tutash chiziqda bajariladi. Bitta detalning barcha ko‘rinishlarida bajarilgan qirqim yoki kesimlarda bu yuzalar bir tomonlama shtrixlanishi va shtrixlar orasi ham o‘zaro teng bo‘lishi shart.
Yog‘ochdan tashqari boshqa materiallar metallar kabi hoshiya chizig‘iga nisbatan 45° burchakda qiyalatib chiziladi. Shtrixlar orasidagi masofalar materiallarning turiga qarab har xil bo‘ladi. Metall, charm, rezina, tabiiy tosh, betonlarda 1,5–2 mm, sopol (keramika) va silikatli materiallarda qo‘shaloq chiziqlar oralig‘i 1,5–2 va 5–7 mm bo‘ladi. Tabiiy tuproq uchta o‘zaro paral- lel kalta chiziqlar oralig‘i 1–2 mm, to‘plam chiziqlar oralig‘i 3–5 mm qilib qoldiriladi.
Ba’zi materiallarning kesim va qirqimda grafik belgilanishi 2.5-chizmada ko‘rsatilgan.
Kesim nima maqsadda qo‘llanadi?
Kesimda uning yuzasi qanday tasvirlanadi?
Kesimlar qanday tasvir hisoblanadi?
Chizmachilik xonasidagi detallarning kesimbop joylarini ko‘rsating.
Kesim nima?
Detalning fikran tekislik bilan kesilishi.
Detalning faqat kesuvchi tekislik bilan kesilgan joyi tasviri.
Kesuvchi tekislikkacha bo‘lgan detal qismining tasviri.
Kesuvchi tekislik orqasidagi detal qismi tasviri.
|
| |