• 5.1-chizma. 5.2-chizma. 5.4-chizma.
  • Rahmonov, D. Yuldasheva




    Download 11,28 Mb.
    bet7/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9
    Бухоро шаҳар ИИО ФМБ, Толиб ака 3, Chizmachilik fanining umumta’lim maktabidagi o’rni va ahamiyati, KITOB, АТБ Қишлоқ, Kasal qabul vaqti, Norpo\'lat aka, 555555, ONA, 2 CIRCUIT DU 14 JOURS, АСБОБ-УСКУНАЛАРНИ, Мамедов Бахриддин Косимович, Орзиков Аслиддин Зайниддин угли, Тест, Сана

    5-§. QIRQIMLAR


    Kesim va qirqimlarning bir-biridan farqi. Yuqorida aytganimizdek, detalning tekislik bilan kesilgan joyining o‘zini tasvirlasak, kesim hosil bo‘ladi (5.1-chizma, a). Kesimda faqat kesuvchi tekislikda hosil bo‘ladigan yuza chiziladi.
    Detal tekislik bilan qirqilganda hosil bo‘ladigan kesim yuzasi bilan birga tekislik orqasidagi detal qismlari ham qo‘shib tasvirlansa, qirqim hosil bo‘ladi (5.1-chizma, b).
    Qirqimlar. Qirqimlar kesimlar kabi standart talablariga muvofiq bajarila- di. Detalning ichki qismini aniqlash maqsadida qirqim deb ataluvchi shartli tasvirlash usuli qo‘llaniladi. Detalning ichki ko‘rinishi murakkabroq, ya’ni bir qancha sirtlardan tashkil topgan bo‘lsa, chizmani o‘qishni osonlashtirish


    5.1-chizma.
    5.2-chizma.




    5.4-chizma.
    maqsadida qirqimlar tatbiq qilinadi. Qirqimlar detalning ichki va tashqi qiyo- fasiga qarab qo‘llaniladi. Qirqimga tushgan yuzalar kesim kabi bir yoqlama shtrixlanadi.
    5.2-chizma, a, b da detalning uchta ko‘rinishi va yaqqol tasviri berilgan. De- talning ichki tuzilishini ko‘rsatish uchun bitta V ga parallel frontal A tekislikni qo‘llasa bo‘ladi (5.3-chizma). Shunda detalning to‘g‘ri burchakli o‘yilgan joyi ochiladi. 5.3-chizma, b dagi yaqqol tasvirda kesuvchi tekislik orqali qirqimni aniqroq ko‘rsatish uchun detalning oldingi yarmi siljitilgan. Ko‘rinib turgan frontal qirqim detalning bosh ko‘rinishida tasvirlangan.

    1. Qirqimning kesimdan farqi nimada?

    2. Nima uchun qirqim qo‘llaniladi?




    1. Chizmachilik xonasidagi detallardan qirqimboplarini ko‘rsating.

    2. Chizmachilik daftariga (5.4-chizma) A, B, C lardan birini ko‘chirib chizing va qirqimini bajaring.

    5.3-chizmada qanday qirqim qo‘llanilgan?


    A. Frontal. B. Gorizontal. C. Profil. D. Kesim.
    5.4-chizma, A da detalning ko‘rinishlari berilgan. Uning frontal qirqimi mantiqiy fikr yuritish orqali kompyuterda bajarilsin.



    Download 11,28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




    Download 11,28 Mb.