|
-§. KESIMLARDA SHARTLILIK VA SODDALASHTIRISHLAR
|
bet | 6/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9
Kesimlarni diqqat bilan o‘rgansangiz, ba’zi kesimlar konturida ochiq va yopiq joylar bo‘ladi. Detal shakli qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kesimga tushgan joydagi chuqurcha, o‘yiq, teshiklar silindr yoki konussimon, ya’ni aylanish sirtiga ega bo‘lsa, kesimning aylana konturi yopiq, boshqa holatlarda ochiq tasvirlanadi. Masalan, 2.1- С–С va 3.1-chizma В–В lardagi kesimlar- ning aylana konturlari yopiq. 3.1-chizma, A–A da silindr prizmasimon sirt bilan kesilgani uchun uning kesilgan joyi ko‘rsatilmagan. 3.3-chizma, a dagi ustiga qo‘yilgan kesimda ham shponka ariqchasi prizmasimon sirt bo‘lgani uchun kesim konturidagi aylana qismi ochiq qoldirilgan (2.1-chizma, A – A, 2.3-chizma, A – A, 4.1-chizma, A – A larga qaralsin).
Kesimga o‘lchamlar qo‘yish. 4.1-chizmada shponka ariqchasi kesimiga o‘lchamlarning qo‘yilishi ko‘rsatilgan. Ariqchaning chuqurligini detal kon- turidan o‘lchanishiga ahamiyat bering. Buning uchun aylana simmetriya o‘qigacha ingichka chiziqda davom ettiriladi.
4.2-chizma.
1-grafik ish. Kesimlar (grafik ishlar o‘qituvchi tomonidan beriladi).
Kesimlarda qanday shartlilik va soddalashtirishlar qo‘llaniladi?
Nima sababdan ba’zi kesimlarda uning konturi yopiq tasvirlanadi?
O‘qituvchi tomonidan berilgan chizmadagi val elementlarini kesimda shartlilik va soddalashtirishlar qo‘llanilgan holda bajaring.
4.2-chizma, a da val kesimlari A–A, B–B, C–C, D–D, E–E, F–F lar orqali belgi- langan. Ularga mos keladigan kesimlarni 1, 2, 3, 4, 5, 6 lar ichidan izlab toping va belgilang (4.2-chizma).
|
| |