|
Rahmonov, D. Yuldasheva
|
bet | 14/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 913.2-chizma.
Detal konturi aniqlab olinadi va profil qirqim hamda kesim bajariladi (13.2-chiz- ma, b).
Chizmalar o‘lchamlari aslidan o‘l-
chab olinadi. Bu yerda detalning asli bo‘lmaganligi uchun o‘lcham chiziqlariga uning son qiymatlari qo‘yilmadi (13.2-chiz- ma, c).
Yoki ushbu detal eskizini uchta ko‘- rinishda chizib, qovurg‘alarning o‘zaro joylashishini ustdan ko‘rinishida A–A qir- qim orqali tasvirlash mumkin. Shunda de- talning asosi – plitaning shakli ham to‘liq ko‘ringan bo‘ladi (13.3-chizma).
Eskiz qanday chizma?
Eskizlar qanday chiziladi?
13.3-chizma.
Eskizlarda kesim va qirqimlar nima uchun qo‘llaniladi?
O‘qituvchining topshirig‘iga binoan texnik detallardan birining eskizini chizing. Eskizlarda o‘lchamlari qanday qo‘yiladi?
Chizilgan eskizdan o‘lchab.
Detalning aslidan o‘lchab.
Detalning yaqqol tasviridan o‘lchab.
Ixtiyoriy o‘lchab.
14-§. ESKIZ CHIZISH BO‘YICHA AMALIY MASHG‘ULOT VA TEXNIK RASM CHIZISH
Chizmachilik xonasidagi detallar o‘quvchilarga tarqatib chiqiladi va ular- ning eskizini hamda texnik rasmini o‘qituvchi nazorati ostida mustaqil ba- jarish topshiriladi.
13-§da detalning eskizi chizilgan edi (13.2-chizma, a, b, c). 14-§da boshqa detalning oldin eskizi chiziladi (14.1-chizma, a, b) keyin texnik rasmi qirqimi bilan chiziladi (14.2-chizma, a, b, c, d).
Bunda:
Texnik rasm chizish uchun aksonometriya turlaridan biri tanlab olina- di. Bizning misolda frontal dimetriya qo‘l keladi. Shu boisdan aksonomet- riya o‘qlari chizib olinadi. Ostki va ustki sirtlarining o‘rnilari belgilab chiqi- ladi (14.2-chizma, a).
Detalning gabarit ko‘rinishi chiziladi (14.2-chizma, b).
Detalning elementlari chiziladi (14.2-chizma, c).
Ortiqcha chiziqlar o‘chirilib, chizma taxt qilinadi. Bu rasmda faqat silindrik teshikni ko‘rsatish uchun qirqim qo‘llaniladi (14.2-chizma, d ).
|
| |