|
-§. AKSONOMETRIK PROYEKSIYA (IZOMETRIYA)DA QIRQIMNI TASVIRLASH
|
bet | 12/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9 11-§. AKSONOMETRIK PROYEKSIYA (IZOMETRIYA)DA QIRQIMNI TASVIRLASH
Aksonometrik qoidalarga amal qilib to‘g‘ri bajarilgan detalning ichki tuzi- lishini, qirqim qo‘llanilmagan bo‘lsa, o‘qish qiyinlashadi. Shu boisdan, to‘g‘ri burchakli ko‘rinish chizmalaridagi kabi detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida aksonometrik proyeksiyada ham qirqim qo‘llaniladi.
sinfda detallarning aksonometrik proyeksiyalarini qirqimsiz chizish usu- lini o‘rgangan edingiz. Endi detalning ichki tuzilishini aksonometriyada aniq- lash maqsadida qirqimni bajarishni ko‘rib chiqamiz. Aksonometriyada ham qirqimlar ko‘rinishlaridagi kabi frontal, profil va gorizontal qirqimlar tatbiq qilinadi.
Misol. 11.1-chizma, a da berilgan detalning ko‘rinishlari asosida uning aksonometriyasi chizilib, qirqimlari bajarilsin.
Quyida detalning izometriyasida qirqim chizish bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan. Ellips (aylana) markazi O da x, y, z o‘qlar belgilanadi (11.1-chiz- ma, b). Ular detal asosida ham belgilanadi va detalning asosi – prizma yasa- ladi (11.1-chizma, c). Detal asosi ustidagi prizma hamda undagi va ostidagi ellipslar chiziladi. x va y o‘qlar orqali frontal va profil kesuvchi tekisliklar o‘tgan, deb faraz qilinadi. Bu tekisliklar o‘zaro z o‘qida kesishadi. Shunda tekisliklar detalning vertikal 1–1, 2–2, 3–3 va 4–4 hamda gorizontal 1–2, 3–4 chiziqlarida kesishadi (11.1-chizma, d). Bu chiziqlarning ortiqchalari o‘chiriladi va chizma taxt qilinadi (11.1-chizma, e). Ushbu jarayonni kom- pyuterda ham bajarish mumkin.
11.1-chizma.
11.2-chizma.
Detalning qirqilgan yuzalari izometriyada 11.2-chizma, a dagi kabi shtrix- lanadi. O dan x, y va z o‘qlarga bir xil masofalar OA = OB = OC tarzida o‘lchab qo‘yiladi va AB, AC, BC lar o‘zaro tutashtiriladi. Shunda H, V, W tekisliklarga parallel joylashgan kesim yuzalarining shtrixlanish yo‘nalishi hosil bo‘ladi.
Frontal dimetriyada kesim yuzalarini shtrixlash 11.2-chizma, b da ko‘rsatilgan. Bu yerda O dan x va z larga bir xil OA = OC, y o‘qiga OB = 1/2, ya’ni ikki marta kam o‘lchab qo‘yiladi. Shunda V dagi AC shtrix chiziq x va z ga nisbatan 45° burchak ostida chizilgan bo‘ladi. AB va CB shtrix chiziq frontal dimetriyada xy va zy o‘qlarga nisbatan shartli 450 burchak hosil qilgan bo‘ladi.
Aksonometriyada qirqim nima uchun qo‘llaniladi?
Aksonometriyada kesim yuzalari qaysi tartibda shtrixlanadi?
11.3-chizma.
Detallardan bittasining izometriyasini chizing va qirqimini bajaring, o‘lchamlarini qo‘ying (11.3-chizma).
11.3-chizma, A da detal berilgan detalni mantiqiy fikr yuritib, uning izometriyasini qirqimi bilan kompyuterda bajaring.
11.2-chizma, a da qanday aksonometriyada qirqimni shtrixlash ko‘rsatilgan?
A. Trimetriyada. B. Izometriyada. C. Dimetriyada. D. Perspektivada.
|
| |