|
-§. ODDIY VA MAHALLIY QIRQIMLAR. ULARNING CHIZMALARDA BELGILANISHI
|
bet | 9/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 9
Detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bitta kesuvchi tekislik qo‘llanilsa, hosil bo‘lgan qirqim oddiy qirqim deyiladi. Kesuvchi tekislik proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib o‘tkazilsa, qirqim o‘sha proyek- siyalar tekisligida tasvirlanadi va o‘sha tekislik nomi bilan ataladi. Masalan, 5.3-chizmada kesuvchi A tekislik V ga parallel, ya’ni kesuvchi tekislik frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgani uchun frontal qirqim deb ataladi. Kesuvchi tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, bunday qirqim gorizontal qirqim deb ataladi (6.1-chizmaga qarang).
Agar kesuvchi tekislik profil proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, bu holatda profil qirqim hosil bo‘ladi (6.2-chizma). Bunday qirqimlar oddiy yoki to‘liq qirqimlar deb ham ataladi.
7.1-chizma.
7.2-chizma.
7.3-chizma.
Mahalliy qirqim. Detallarning ba’zi bir joylarida teshik, chuqurcha va o‘yiqlar uchraydi. Ularning shaklini ko‘rsatishda mahalliy qirqimlardan foy- dalaniladi. 7.4-chizmada gayka kalitining oltiyoqli prizmatik teshigini ochib ko‘rsatish uchun mahalliy qirqim qo‘llanilgan. Mahalliy qirqim hosil qilish uchun teshikning simmetriya o‘qi bo‘yicha kesuvchi tekislik o‘tkaziladi. Te- shikdan biroz o‘tgandan keyin detalning qirqilgan qismi fikran sindirib olina- di. Detal ko‘rinishida bu kesuvchi tekislik fikran o‘tkaziladi va u chizmada ko‘rsatilmaydi. Mahalliy qirqim chegarasi ingichka to‘lqinsimon chiziqda ko‘rsatiladi.
7.5-chizma, a da o‘qning bitta ko‘rinishi tasvirlangan bo‘lib, uning uch- laridagi teshik va chuqurchalarni ochib ko‘rsatishda mahalliy qirqim tatbiq etilgan. Mahalliy qirqim chegarasi detalning kontur chizig‘i bilan qo‘shilib qolmasligi kerak. 7.5-chizma, b da to‘g‘ri va noto‘g‘ri bajarilgan mahalliy qirqim ko‘rsatilgan. Detaldagi teshik yoki chuqurchaning shakli mahalliy
|
| |