|
Rahmonov, D. Yuldasheva
|
bet | 11/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 99.3-chizma.
simmetriya o‘qidan biroz
Detalning chizmasida yarim ko‘rinishni yarim qirqim bilan birlashtirib tasvir- lashda qanday grafik shartliliklar mavjud?
Nima uchun detalning chizmasida ko‘rinishning yarmi bilan qirqimning yarmi birlashtirib tasvirlanadi?
9.4-chizma.
Detalning chizmasida ko‘rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirib tasvirlashda o‘lchamlarni qo‘yishning o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat?
9.4-chizma А ni diqqat bilan o‘rganing va uni mantiqiy fikr yuritib, kompyuterda ko‘rinishning yarmini qirqimning yarmi bilan birlashtirib chizing.
Detalning ko‘rinishlaridan birini ko‘chirib chizing. Bosh va chapdan ko‘rinishlarda ularning yarmini qirqimning yarmi bilan birlashtirib tasvirlang va o‘lchamlarni qo‘ying (9.4-chizma).
Standart talabida to‘g‘ri bajarilgan qirqimni aniqlang (9.5-chizma).
9.5-chizma.
10-§. KO‘RINISHNING QISMINI
QIRQIMNING QISMI BILAN BIRLASHTIRIB TASVIRLASH
Ba’zan detal simmetriya shakliga ega bo‘lsa ham, undagi biror element ko‘rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirib tasvirlash shartiga to‘g‘ri kelmay qoladi, ya’ni xalaqit beradi. Bunday holatlarda ko‘rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlashga to‘g‘ri keladi.
10.1-chizma. 10.2-chizma.
10.3-chizma.
10.4-chizma.
10.1-chizma, a da xuddi shunday qilingan. Bu yerda ko‘rinishning qismi qirqimning qismidan qancha katta yoki kichikligi inobatga olinmaydi, ular to‘lqinsimon ingichka tutash chiziq bilan ajratiladi. Detal elementi, ya’ni qirra simmetriya o‘qiga to‘g‘ri kelib qolsa, 10.1-chizma, b dagidek qirra saqlab qolinadi yoki 10.1-chizma, c dagidek ochib ko‘rsatiladi.
Bunday chizmalarga o‘lchamlar 10.2-chizmadagidek qo‘yiladi.
Detalning chizmasida ko‘rinishning qismini qirqimning qismi bilan birlashtirib tasvirlashda qanday shartliliklar mavjud?
Detal elementi (qirrasi) qirqimda simmetriya o‘qiga to‘g‘ri kelib qolsa, qanday yo‘l tutiladi?
10.3-chizma A, B, C da detallarning ikkitadan ko‘rinishlari berilgan. Ulardan bittasini ko‘chirib chizing va ko‘rinishning qismi bilan qirqimning qismini bir- lashtirib tasvirlang. O‘lchamlarini qo‘ying.
10.4-chizma A, B, C da detallarning ikkitadan ko‘rinishlari berilgan. Ulardan bittasini kerak bo‘lsa qirqim qo‘llab, o‘lchamlari yordamida bitta ko‘rinishda tasvirlang.
10.4-chizma, A da detal ikkita ko‘rinishda berilgan. Mantiqiy fikr yuritilgan hol- da uni bitta ko‘rinishda kompyuterda bajaring.
Qirqimning qismi bilan ko‘rinishning qismini birlashtirib tasvirlashda qismlar o‘zaro teng bo‘lishi shartmi?
A. Ahamiyati yo‘q. B. Shart. C. Kesim. D. Mahalliy qirqim.
3-grafik ish. Ko‘rinishning yarmi (qismi) bilan qirqimning yarmi (qismi) ni birlashtirib tasvirlash.
|
| |