• 13-§. KESIM VA QIRQIM TALAB QILADIGAN DETALLARNING ESKIZINI CHIZISH
  • -§. FRONTAL DIMETRIYADA QIRQIMNI TASVIRLASH




    Download 11,28 Mb.
    bet13/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9

    12-§. FRONTAL DIMETRIYADA QIRQIMNI TASVIRLASH


    11-§ da detalning izometriyasida qirqimni bajarish bosqichma-bosqich ko‘rsatilgan edi. Bu paragrafda 11.1-chizma, a da berilgan detalning z o‘qini y o‘qiga almashtirib chizilganda aylana V ga o‘zining haqiqiy ko‘rinishida tasvirlanishi ko‘rsatilgan. Shunday qilinganda detalni frontal dimetriyada chi- zish ancha qulaylik tug‘diradi (12.1-chizma). Bu yerda y o‘qiga tushgan detalning balandligi ikki marta qisqartirib chiziladi.
    Aksonometriyada ham detalning o‘lchamlari qo‘yiladi. 12.2-chizmada o‘lchamlar, aylana, radius, kvadrat belgilari ham ko‘rsatiladi. O‘lcham chi- ziqlari aksonometrik o‘qlarga parallel chiziladi. 12.3-chizma, a da berilgan detalning ko‘rinishlari asosida uning frontal dimetriyasini chizish va unda qirqimini bajarish 12.3-chizma, b, c larda ko‘rsatildi.
    Aksonometriyada o‘lchamlar qaysi tartibda qo‘yiladi?

    12.1-chizma. 12.2-chizma.


    12.3-chizma.



    12.4-chizma.
    Detallardan birini ko‘chirib chizing, frontal yoki izometrik aksonometriyada yasang va qirqimini bajaring. O‘lchamlarini qo‘ying (12.4, 12.5-chizmalar).

    11.2-chizma, b da qanday aksonometriyada qirqimni shtrixlash ko‘rsatilgan?


    A. Trimetriyada. B. Izometriyada. C. Dimetiryada. D. Perspektivada.


    12.5-chizma, A da detalni mantiqiy fikr yuritib, uni kompyuterda frontal dimetriya- sini qirqimi bilan bajaring.

    12.5-chizma.

    13-§. KESIM VA QIRQIM TALAB QILADIGAN DETALLARNING ESKIZINI CHIZISH


    Ma’lumki, eskizlar to‘g‘ri burchakli proyeksiyalashga amal qilingan hol- da, ko‘zda chamalab, detalning qismlari orasidagi nisbatlarni saqlab, chiz- machilik asboblari qo‘llanilmay, qo‘lda chiziladi. Eskizlar millimetrlangan, kataklangan yoki oq qog‘ozlarda bajariladi.
    Eskizlar, asosan, detalning asliga qarab chiziladi. Kerakli kesim va qir- qimlar qo‘llanilib, eng kam ko‘rinishda chizishga harakat qilinadi. O‘lcham- lari detalning aslidan o‘lchab qo‘yiladi.
    Ishchi daftarga (kataklangan) eskiz chizishni yaxshi bilasizlar. Endi oq qog‘ozga eskiz chizishni o‘rganamiz. Buning uchun avval o‘zaro parallel, go- rizontal, vertikal, turli holatlardagi qiya hamda o‘zaro perpendikulyar chiziq- larni qo‘lda chizish mashq qilinadi. Bundan tashqari, turli to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak, kvadrat, aylana va uning yoylarini chizish orqali qo‘lni chizma chizishga o‘rgatib borish tavsiya etiladi.
    Masalan, 13.1-chizmada podshipnik deb nomlanuvchi detalning as- liga (bu yerda uning yaqqol tasviri berilgan) qarab tahlil qilinsa, ikkita ko‘rinishda (bosh va chapdan) chizilishi mumkin. Shunda silindrning ostki asosini plita bilan mustahkam bog‘lovchi qovurg‘alarni kesim or- qali, silindrni esa profil qirqim orqali ko‘rsatish qulay hisoblanadi.

    1. Eskiz chizish shartiga muvofiq ko‘rinish o‘rnilari to‘g‘ri to‘rtburchak- larda belgilab olinadi hamda detal asosi va silindrik qismi, qovurg‘alar chizib chiqiladi (13.2-chizma, a).


    13.1-chizma.

    Download 11,28 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




    Download 11,28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. FRONTAL DIMETRIYADA QIRQIMNI TASVIRLASH

    Download 11,28 Mb.