• Ustiga
  • Rahmonov, D. Yuldasheva




    Download 11,28 Mb.
    bet5/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9
    Бухоро шаҳар ИИО ФМБ, Толиб ака 3, Chizmachilik fanining umumta’lim maktabidagi o’rni va ahamiyati, KITOB, АТБ Қишлоқ, Kasal qabul vaqti, Norpo\'lat aka, 555555, ONA, 2 CIRCUIT DU 14 JOURS, АСБОБ-УСКУНАЛАРНИ, Мамедов Бахриддин Косимович, Орзиков Аслиддин Зайниддин угли, Тест, Сана

    3-§. KESIM TURLARI


    Bajarilishiga qarab ikki xil kesim bo‘ladi: chetga chiqarib tasvirlangan kesim, ustiga qo‘yilgan kesim.
    Chetga chiqarib tasvirlangan kesimlar ancha yaqqol bo‘ladi va ular A–A, B–B kabi kerakli yozuvlar bilan belgilanadi (3.1-chizmadagi A–A va B–B kesim). Agar teshik, o‘yiqlarning simmetriya o‘qi davomida kesim chiqarib tasvirlansa, kesuvchi tekislik izi ko‘rsatilmasdan o‘ng tomon (90°)ga burib tasvirlanadi (2.4-chizma, c va 3.1-chizma). Chetga chiqarib tasvirlanadigan kesimni 3.2-chizmadagidek ko‘rinishning uzib tasvirlangan qismlari orasiga joylashtirish mumkin. Bunday usulni shatunlar, balkalar, relslar, uzun val- larda qo‘llash mumkin. Chetga chiqarib tasvirlangan kesimlar soni qancha bo‘lishiga qaramay, ularning yuzalari standartga muvofiq shtrixlanadi. Kesim konturi detal konturi bilan bir xil yo‘g‘onlikda chiziladi.
    Ustiga qoyilgan kesimga misol 3.3-chizmada ko‘rsatilgan. Kesim kon- turi va yuzasining shtrix chiziqlari bir xil ingichka tutash chiziq bilan




    3.2-chizma.


    3.1-chizma. 3.3-chizma.


    3.4-chizma.
    chiziladi. Kesimlarning bu turi uncha yaqqol bo‘lmagani uchun kamroq qo‘llaniladi. Simmetriya o‘qiga nisbatan kesim qo‘llanilayotgan detalning kesimga tushgan elementi chiziladi. Kesimga tushgan shponka ariqchasi bir tomonlama bo‘lsa (3.3-chizma, a), kesuvchi tekislik yo‘nalishi bo‘yicha kesim 90° ga burib tasvirlanadi va ko‘rsatkichi (strelkasi) chizilib, belgi- lanmaydi. Kesimga tushgan joy simmetrik shaklga ega bo‘lsa, tekislik izi ko‘rsatilmaydi (3.3-chizma, b).



    1. Kesimlarning qanday turlari mavjud? Ular qanday belgilanadi?

    2. Kesimlarda qanday shartliliklar qo‘llaniladi?

    3. Kesim yuzasi qanday shtrixlanadi?

    4. Nima sababdan kesim yuzasi shtrixlanadi?

    5. Chetga chiqarib tasvirlangan kesim konturi qanday chiziqda tasvirlanadi? Ustiga qo‘yilgan kesimda-chi?

    6. Chiqarilgan kesim qanday ko‘rinishlarda belgilanadi?

    7. Kesim yo‘nalishi ko‘rsatilmagan kesim yuzasi qaysi tomonga burib tas- virlanadi?



    3.4-chizmada berilgan valning chapdan ko‘rinishidan foydalanib, undagi kesim- larni mantiqiy fikr yuritib, ixtiyoriy kattalikdagi tasvirini kompyuterda bajaring.





    3.5-chizma.

      1. 3.5-chizmada kesim talab qilinadigan detallarning ko‘rinishlari berilgan. Ulardan birining bosh ko‘rinishini ko‘chirib chizing va chapdan ko‘rinishidan foydala- nib, ustiga qo‘yilgan va chiqarilgan kesimlarni bajaring.

      2. Val, o‘q, richag kabi detallarning asliga qarab, ulardagi turli elementlarni chiz- mada ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan kesimlarni aniqlang.



    3.3-chizmada qanday kesim qo‘llanilgan?
    A. Chiqarilgan. B. Tasvirlararo. C. Ustiga qo‘yilgan. D. Qirqim.



    Download 11,28 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




    Download 11,28 Mb.