• 18.1-chizma.
  • Rahmonov, D. Yuldasheva




    Download 11,28 Mb.
    bet18/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9

    17.3-chizma. 17.4-chizma.


    17.5-chizma.

    1. Loyihalash deb nimaga aytiladi?

    2. Loyihalashga doir ishlar nimalar bilan doimiy bog‘liq bo‘ladi?

    3. Loyihalashga nimalar kiradi?

    1. 17.4-chizmada ko‘rsatilganidek, detal shakli belgilangan nuqtali chiziq bo‘yicha o‘zgartirish kiritilgan ko‘rinishlari loyihalansin.

    2. 17.5-chizma, a da kubning yaqqol tasviri berilgan. U shunday loyihalansinki, uchta teshikdan (17.5-chizma, b) tirqishsiz o‘tsin. Loyihalangan kubning: A. mo- delini penoplast, plastilin (loy) yoki yog‘ochdan konstruksiyalang. B. Loyihalangan kubni mantiqiy fikr yuritib uning yaqqol tasvirini kompyuterda bajaring.

    Buyumning qayta konstruksiyasini loyihalashga doir ishlar nimalarga bog‘liq?
    A. Grafik tasvirlashga. B. Fikrlashga.
    C. Ixtiro qilishga. D. Ijodiy yondashishga.
    1. §. LOYIHALASHGA DOIR GRAFIK MASALALAR


    Amaliyotdagi detalning ko‘rinishi o‘ziga jalb qila oladigan holda uning ko‘rinishini go‘zal va chiroyli hamda bejirim shaklda o‘zgartirish, vaznini ham kamaytirib, foydalanish uchun qulay qilib qayta loyihalash ham dizayn deyiladi.
    Masalan, 18.1-chizma, a dagi detalning vazni (og‘irligi)ni kamaytirish maqsadida uning shakli (geometriyasi) qayta loyihalanadi. Natijada, 18.1-chiz- ma, b, c, d lardagi ko‘rinishga keladi. Yoki yana boshqacha badiiy loyihalash yo‘li izlanadi.
    Detalga kiritilgan o‘zgartirishni chizma orqali amalga oshirishni chiz- mani qayta ijodiy loyihalash deyish mumkin. Detal geometriyasi fikran o‘zgartirib, uni qayta ijodiy loyihalangan holatini tasavvur qilish fikrlash qo‘zg‘atuvchanligini o‘stiradi. Chizmada ijodiy loyihalash elementlarini kiri- tish orqali turli dizayn muammolarini yechish mumkin bo‘ladi.
    18.1-chizma.



    18.2-chizma, a da detal A va B qismlardan tuzilgan bo‘lib, uning chiz- masi 18.2-chizma, b da ko‘rsatilgan. Detalning A bo‘lagi xuddi shunday shakldagi va o‘lchamdagi o‘yiqqa, B qismi hisobiga almashtirish lozim bo‘lsa, 18.2-chizma, c dagidek ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu yerda detalning A bo‘lagining balandligi pastga tomon B qismi hisobiga o‘lchab qo‘yiladi.
    Misol. Quti (shkatulka)ning umumiy (xomaki) ko‘rinishlari berilgan (18.3-chizma, a). Qutining qopqog‘i A shunday loyihalansinki, u quti B ni jips yopib tursin.
    Qopqoq turli ko‘rinishlarda loyihalanishi mumkin. Bu yerda loyihalana- yotgan qopqoqni idrok qilishni osonlashtirish maqsadida ag‘darib, yaqqol tasvirda ko‘rsatishga jazm qilindi. 18.3-chizmalarda qopqoqning turli variant- larda bajarilgani berildi. Yana qanday variantlarda bajarish mumkin?






    Download 11,28 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   47




    Download 11,28 Mb.