• 22.5-chizma. 22.6-chizma.
  • Rahmonov, D. Yuldasheva




    Download 11,28 Mb.
    bet25/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9

    22.3-chizma.



    22.4-chizma.



    1. O‘quv jarayonida chizishni o‘rganish maqsadida keltirilgan tenglama- lardan foydalanib, taxminiy chizish mumkin.

    Bolt. Uni chizish uchun ikkita parametri (o‘lchami) berilgan bo‘ladi. Rez- baning diametri d va boltning uzunligi l. Qolgan o‘lchamlari d ga nisbatan keltirilgan tenglamalar yordamida aniqlanadi. Boltning sterjen o‘lchami, ya’ni rezbasining qiymati d = 24 mm berilgan bo‘lsa, qolgan parametrlari quyida- gicha topiladi: d = 24; d1 = 0,85d; D = 2d; H = 0,7d; l0 = 2d + 6; c = 0,10 – 0,15d; R = 1,5 d; R1 = d; R2yasash yo‘li bilan aniqlanadi (22.4-chizma). 22.5-chiz- mada bolt kallagini chizish ko‘rsatilgan.
    Gayka. Gayka ham bolt kabi chiziladi. Gaykada faskalari ikki tomonlama bo‘ladi. Gaykada teshik bo‘lsa ham, u qirqilmay tasvirlanadi. Gaykani ham keltirilgan tenglamalar bo‘yicha chizish mumkin (22.6-chizma). Gayka fas- kalari bolt faskalari kabi bir xil chiziladi. Bu yerda R2 yasash yo‘li bilan

    22.5-chizma. 22.6-chizma.

    aniqlanadi. Gayka quyidagi o‘lchamlarda chiziladi: d = 24 mm, d1 = 0,85d,


    H = 0,8d, D = 2d, R = 1,5d; R1 = d.


    Eslatma. Faskalarning qanday chizilishi ma’lumot uchun keltirilgan.
    O‘quvchilar bolt va gaykalarni faskalarsiz chizishlariga yo‘l qo‘yiladi.

      1. Rezbalar chizmada qanday belgilanadi? Metrik rezba-chi? Quvurli rezba-chi?

      2. Sterjenga o‘yilgan rezbaning katta (tashqi) diametri qanday chiziqda tasvirlana- di? Kichik (ichki) diametri-chi?

      3. Gayka rezbasining katta (tashqi) diametri qanday chiziqda tasvirlanadi? Kichik (ichki) diametri-chi?




    1. d = 30 mm, l = 80 mm li metrik rezbali bolt chizmasini chizing.

    2. d = 30 mm li gaykaning chizmasini chizing.



    Qaysi chizmada gaykaning ustdan ko‘rinishi tasvirlangan (22.7-chizma)? Bolt- ning-ch?



    Shpilka ham keltirilgan tenglamalar asosida chiziladi (22.8-chizma, a). d = 24 mm, d1 = 0,85d, lo = 2d + 6, l1 = 1 – 1,5d, l = 70 mm da shpilkaning chizilishi ko‘rsatilgan.

    Download 11,28 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




    Download 11,28 Mb.