|
Rahmonov, D. Yuldasheva
|
bet | 34/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 927.8-chizma.
27.7-chizma. 27.9-chizma.
27.10-chizma.
Ro‘zg‘orda va qurilishlarda turli ko‘rinishlardagi arralardan foydalanila- di. Ish jarayonida ikki kishi yordamida xoda (g‘o‘la)ni arralashda bir kishi yetishmaydigan vaziyat yuzaga kelganda, odam o‘rniga «Mexanik qo‘l», ya’ni moslama konstruksiyasini loyihalashga to‘g‘ri keladi (27.7-chizma).
Bu yerda turli variantlardan quyidagilari tavsiya etiladi:
Moslama sifatida cho‘zilish prujinasi ustunga, devorga yoki daraxtga mustahkam o‘rnatiladi (27.8-chizma).
Prujinani cho‘zma (rezina)ga almashtirish mumkin.
Prujina o‘rniga yoshroq egiluvchan daraxtdan foydalanish mumkin.
Oboymali mexanizmdan foydalansa ham bo‘ladi (27.9-chizma).
Bunda arraning ikkinchi ushlagichiga tros (arqon) bog‘lanib, g‘ildirak (oboyma) ariqchasi orqali o‘tkaziladi va trosning ikkinchi uchiga og‘irroq yuk ilib qo‘yiladi. Arra tortilganda: 1,2 va 3 hollarda prujina, cho‘zma, da- raxt o‘z o‘rniga qaytishda g‘o‘lani arralaydi, 4 holatda esa, yukning og‘irligi hisobiga g‘o‘la arralanadi.
Ushbu usullardan biri tanlab olinadi va darsda mukammal tushuntiriladi. Yana qanday usullar mavjudligi o‘quvchilar o‘rtasida muhokama qilish tavsiya etiladi va o‘quvchilarga o‘ziga yoqqan usullardan birini chizmada
bajarib kelish topshiriladi.
Aylanma harakat qanday detallar vositasida amalga oshiriladi?
O‘zaro parallel vallar qanday qilib aylanma harakatni amalga oshiradi? Vallar o‘zaro perpendikulyar bo‘lsa-chi?
O‘zaro parallel va perpendikulyar vallar qanday buyumlarda qo‘llanadi?
Aylanma harakat davrida val va teshikda yemirilish hodisasi ro‘y beradi. Uning oldini olish uchun nima qilish zarur?
Nima uchun texnikada aylanma harakatlardan foydalaniladi?
Nima sababdan «Mexanik qo‘l» konstruksiyasi loyihalanishi kerak?
«Mexanik qo‘l»ni nima bilan almashtirish mumkin?
27.10-chizmada sovg‘a solinadigan kesik piramidasimon qutining yoyilma- si berilgan bo‘lib, uni fikr yuritib, mantiqiy mulohaza asosida maketning konstruksiyasini tiklang.
T. 1. O‘zaro parallel vallarni aylanma harakatga keltirishda qanday tishli uzatmalardan foydalaniladi?
A. Konussimon. B. Silindrik. C. Reykali. D. Vintli.
Aylanma harakat davrida almashtirib turiladigan vtulka qanday materi- aldan tayyorlanadi?
Po‘latdan. B. Cho‘yandan. C. Bronzadan. D. Alumindan.
Ilk bor yaratilgan buyum nima deyiladi?
Model. B. Detal. C. Konstruksiya. D. Maket.
Arra tishlari qanday asbob bilan o‘tkirlanadi?
Charx bilan. B. Qayroq tosh bilan.
C. Egov bilan. D. Qum qog‘oz bilan.
7. A-grafik ish. Konstruksiyalash (loyihalash) masalalari. O‘qituvchi topshirig‘i asosida bajariladi.
|
| |