• Qurilish chizmalarida o‘lcham qo‘yish.
  • Rahmonov, D. Yuldasheva




    Download 11,28 Mb.
    bet42/47
    Sana02.02.2024
    Hajmi11,28 Mb.
    #150302
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
    Bog'liq
    chizmachilik 9

    Qurilish chizmalarida masshtablar. Qurilish chizmalari kichraytirish masshtablari 1:100, 1:200, 1:400 kabilarda chiziladi. Kichik bino va fasadlar uchun M1:50, bino elementlari alohida M1:25 da chizilishi mumkin. Turli tasvirlar turli masshtablarda chiziladigan bo‘lsa, har bir tasvir uchun alohida masshtab yozib qo‘yiladi.
    32.2-chizmada bir qavatli binoning chizmasi berilgan bo‘lib, uni o‘qish bino planidan boshlanadi. Binoga kirish uch marshli zinadan ko‘tarilib, bino oldidagi yopiq ayvon (ravon) orqali dahliz (koridor)ga o‘tiladi. Dahlizdan o‘ng tomondagi 14,0 m2 li xonaga va undan 10,0 m2 li bolalar xonasiga ki- riladi. Dahlizdan uning chap tomonidagi birinchi eshikdan hojatxona, ikkinchi eshikdan oshxonaga va ro‘paradagi eshikdan 10,0 m2 li yotoqxonaga kiriladi. Yopiq ayvonning chap tomonidan kichik xona (garderob kiyim-kechaklar) ga, o‘ng tomonidagi derazali xona (kladovka)ga kirish mumkin. Oshxonada ovqat pishirish uchun plita va dudbo‘ron, shamollatish uchun kanal yo‘li tas- virlangan. O‘ng tomondagi katta va kichikroq xonalarga qishda isitish uchun pechka o‘rnatilgan. Binoning asosiy tashqi devorlari, asosiy tutash va ichki to‘siq (parda) devorlar ingichka tutash chiziqlarda tasvirlangan.
    Bino I–I qirqimda bajarilgan bo‘lib, xona, deraza va eshiklarning hamda ular oraliqlari o‘lchamlari shartli ko‘rsatilmagan. Binoning fasadi orqali uning tashqi ko‘rinishi tasvirlangan.
    Qurilish chizmalarida o‘lcham qo‘yish. Qurilish chizmalarida o‘lchamlar (belgilardan tashqari) millimetrlarda (mm), ba’zi binolarning chizmalarida san- timetrlarda (cm) ko‘rsatiladi. O‘lcham chiziqlari va chiqarish chiziqlari kesi- shayotgan joyga strelka o‘rniga 45° burchak ostida qisqa shtrixlar chiziladi. O‘lchamlar planlarda, qirqimlarda tashqi tomoni qator berk zanjir ko‘rinishida bo‘ladi. Fasadda binoning balandlik belgilari qo‘yiladi. Xona- larning ichki o‘lchamlari – maydon m2 da yoki kenglik (uzunlik) va eni mm
    larda ko‘rsatiladi.
    Deraza va eshik o‘rnilarining hamda oraliq devorlarning o‘lchamlari birin- chi qatorga, qo‘shni o‘qlar har qaysi juftining orasidagi o‘lchamlar ikkinchi qatorga, chekka o‘qlar orasidagi umumiy o‘lcham uchinchi qatorga qo‘yiladi (32.1-chizma). Kimki qurilish chizmalarini yaxshi tushunsa, ularni chizishda, o‘qishda qiynalmasligi mumkin.



    1. Qurilish chizmalari qanday masshtablarda chiziladi?

    2. Qurilish chizmalarida bino ko‘rinishlari qanday nomlanadi?

    3. Bino elementlariga nimalar kiradi?

    4. Qurilish chizmalariga qanday o‘lchovdagi o‘lchamlar qo‘yiladi?

    5. Isitish va sanitariya jihozlariga nimalar kiradi?

    6. Bosh plan nima uchun kerak? Plan-chi? Qirqim-chi? Fasad-chi?



    O‘qituvchingiz tomonidan tayyorlangan yoki 32.1 va 32.2-chizmalarda berilgan qurilish chizmasini o‘qing. Ba’zi chizma elementlarining shartli grafik tasvirlarini chizmachilik daftaringizga chizing.



    Download 11,28 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




    Download 11,28 Mb.