|
Rahmonov, D. Yuldasheva
|
bet | 41/47 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 11,28 Mb. | | #150302 |
Bog'liq chizmachilik 932.1-chizma.
Pol. Sanoat binolarida pollar bevosita tuproq (grunt) ustiga quriladi. Fu- qarolar binolarida pollar balkalar yoki lagalar ustiga o‘rnatiladi.
Tomlar. Turli tabiat hodisalari: yog‘ingarchilik, quyosh issig‘idan, sha- mollardan saqlash uchun xizmat qiladi. Tomlar bir, ikki, to‘rt nishabli hamda chodirsimon bo‘ladi.
Zinapoya. Ko‘p qavatli binolarda yuqori qavatlarga chiqish va ulardan tushish uchun zinapoyalar quriladi. Zinapoya joylashgan xona zinaxona, oyoq qo‘yib chiqadigan qiyalik marsh (zinaning ikki supa orasidagi qismi) deyila- di. Bir marshdan ikkinchi marshga o‘tadigan joy maydoncha (supa), zinapoya marshlarini ko‘tarib turadigan og‘ma to‘siqlar kosour (zina to‘sini) deyiladi. Zinapoya tutqichi zinapoya marshidan hisoblaganda 90 sm dan oshmasligi lozim.
Deraza va eshiklar. Bino qurish paytida deraza va eshiklar o‘rnilari qoldiriladi. Yirik panelli binolarda deraza romlari bir yo‘la zavodning o‘zida o‘rnatiladi. Deraza va eshiklar o‘rnatish joyiga qarab bir qavatli, ikki qavatli, bir tavaqali, bir yarim tavaqali, ikki tavaqali bo‘ladi.
Pechkalar. Bitta qozon orqali bitta yoki bir nechta binolarni isitish mar- kaziy, bevosita xonani pechka bilan isitish mahalliy isitish deyiladi.
Mo‘rkon va mo‘ri (ventilatsiya) kanallari. Xonalarni mahalliy isitishda pechkalardan tutun chiqadigan mo‘rkonlar bilan bir qatorda, xonani shamol- latish maqsadida ventilatsiya kanallari quriladi.
Sanitariya-texnika jihozlari. Binolarni sovuq, issiq suvlar, gaz bilan ta’minlash va kanalizatsiya, shamollatish hamda isitish vositalarida ishlatila- digan jihozlar sanitariya-texnika jihozlari deyiladi.
Qurilish chizmalarini chizishda shartlilik va soddalashtirishlar kesimda materiallarni shtrixlash, isitish va sanitariya-texnika jihozlari, bino elementlari to‘g‘risida tushuncha oldingiz. Olgan bilimlaringiz asosida endi sizlar quri- lish chizmalarini bemalol o‘qiy olishingiz mumkin. Buning uchun bosh plan, plan, fasad va qirqimlarning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritinglar. Planda nimalar tasvirlanishini ko‘z oldingizga keltiring. Fasad va qirqimlarning bir- biridan farqini ajrating. Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar qanday bo‘lishini eslang. Shundan keyin qurilish chizmalarini quyidagicha o‘qishga o‘ting:
Asosiy yozuvdan chizmada nima tasvirlanganligini, ya’ni turarjoy, muassasa, muhandislik (injenerlik) qurilishi, qishloq xo‘jaligi, zavod yoki yana bir boshqaga tegishli ekanligi aniqlanadi.
Plan, qirqimlar, fasadlar diqqat bilan o‘rganiladi. Qirqimga tushgan yuzalar asosiy kontur chiziqda, qolganlari ingichka tutash chiziqlarda tasvirlanishiga ahamiyat bering.
84
32.2-chizma.
Plan, fasad, qirqimlar o‘zaro solishtiriladi. Ulardagi bino elementlari- ning geometrik shakllari ko‘z oldiga keltiriladi. O‘qishda qiyinchilik tug‘ilsa, ularning shartli grafik tasvirlariga murojaat qiling.
|
| |