31.1-chizma.
tashkil qilinadi. Loyiha topshirig‘i asosida texnik loyiha chizma- lari ishlab chiqiladi: 1) qurilish uchastkasining bosh plani; 2)
bi- noning plani; 3) qirqimlari; 4) fa- sadlari.
Bosh plan. Bosh plan asosiy loyiha hujjati hisoblanadi va u landshaft dizayni talabiga muvo- fiq loyihalanadi. Unda ajratilgan
obyekt hududining shakli, binolar- ning joylashuvi, hududning bosh- qa hudud bilan va bosh ko‘chaga qanday tutashganligi ko‘rsatiladi. Bosh planda shimol (Sh)
va janub
(J) ni, shamolning ko‘proq esish
tomonini ko‘rsatuvchi belgilar qo‘yiladi. 31.2-chizmada maktab uchastkasi- ning bosh plani tasvirlangan.
Qurilish chizmalarida, asosan, plan, fasad, qirqimlar tasvirlanadi. 31.3-chiz- ma,
a da
H da plan,
V da fasad,
W da qirqimlar hosil bo‘lishi ko‘rsatilgan. 31.3-chizma,
b da
obidaning plani, fasadi va qirqimi tasvirlangan.
Binoning plani. Binoning plani deb uning gorizontal tekislikdagi tasvi- riga aytiladi. Unda xonaning deraza tokchalaridan biroz yuqoriroqdan fikran o‘tkazilgan tekislik bilan qirqilganda hosil bo‘ladigan qirqim tasvirlanadi (31.3-chizma,
b)
.
Planda bino xonalarining joylashishi, eshik, deraza, ko‘p
qavatli bino- larda zinapoya, mo‘rkonlar, sanitariya-texnika jihozlari ko‘rsatiladi. Asosiy ko‘taruvchi, ya’ni qirqimga tushgan devorlar tutash yo‘g‘on chiziqda, qol- gan bino elementlari ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi. Xonalarni ajratib turuvchi parda (yupqa) devorlar qirqimga tushgan bo‘lsa ham, ular ingichka tutash chiziqda tasvirlanadi (32.1-chizma,
b).
Ko‘p qavatli binolar qavatlarida xonalarning joylashishi turlicha bo‘lsa, bunday turarjoyning har qaysi qavati uchun plan chiziladi. Ko‘p qavatli binolardagi xonalarning joylashishi bir xil bo‘lsa, eng yuqori qavat plani qirqimda ko‘rsatiladi. Qurilish chizmalarida qirqimga tushgan devorlar shartli shtrixlanmasliklari mumkin.