i2 vitamin sintezlanadi. Hayvonlaming kobaltga boigan bir kecha kunduzlik  ehtiyoji l- 2




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/318
Sana23.05.2024
Hajmi14,15 Mb.
#251148
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   318
Bog'liq
G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limot

i2
vitamin sintezlanadi. Hayvonlaming kobaltga boigan bir kecha kunduzlik 
ehtiyoji l-
2
mg.ni tashkil qiladi.
Yod. Organizmda asosan qalqonsimon bezning gormonlari tarkibida 
uchraydi. Shu sababdan yodning organizm uchun ahamiyati qalqonsimon 
bez gormonlarining ahamiyati bilan . belgilanadi. Organizm iste’mol 
qiladigan suv va oziqalar tarkibida shu mikroelement yetishmasa, 
qalqonsimon 
bezda 
gormonlarning 
sintezlanishi 
buzilib, 
tegishli 
kasalliklar, jumladan, “buqoq” kasalligi kelib chiqadi (gipotireoz). 
Chochqalar yodning kamchiligiga ayniqsa sezgir boiadi. Hayvonlaming 
yodga boigan bir kecha kunduzlik ehtiyoji ular iste’mol qiladigan quruq 
ozuqaning lkg.ga nisbatan olganda lmg.ni tashkil qiladi.
Marganets. Organizmdagi ko‘pchilik to‘qimalar tarkibida topilgan. 
Ularning organizmdagi umumiy miqdori 0,05mg.% dan oshmaydi. 
Marganets oksidlanish-fosforlanish reaksiyalarida aktivator vazifasini 
o‘taydi. Ko‘pchilik oraliq almashinuv reaksiyalarida marganets ionlari 
ishtirok etadi. Marganets talaygina fermentlar (arginaza, fosfatoglyu- 
komutaza, yenolaza, karboksilaza) tarkibiga kiradi. Organizmda qon hosil 
boiishi o‘sish jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Suyaklaming 
rivojlanishi, muskullar faoliyati uchun ham marganets zarur. Bu element 
oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va yog‘ almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. 
Hayvonlaming marganetsga boigan sutkalik ehtiyoji iste’mol qilayotgan 
quruq oziqalaming lkg.ga nisbatan olganda 40mg.ni tashkil qiladi.
240


Marganets kamchiligiga eng sezgir hayvonlar parrandalardir, 
Marganefs- 
ning yetishmasligi natijasida ularning oyoqlari, patlarida deforraatsi- 
yalovchi kasalliklar paydo bo‘ladi.
Ruh. Organizmdagi barcha hujayra va to‘qimalarda uchraydi. Jigarda, 
me’da osti bezida, jinsiy bezlar, suyak va muskullarda sezilarli miqdorda 
ruh bor. Qonda ruh miqdori juda kam. Butun organizmdagi ruh miqdori 
taxminan 2-3mg.% ga yaqin,organizmga ruh mutlaqo kiritilmasa, 
hayvonlar o‘sishdan to‘xtaydi, rivojlanishdan qoladi. Ruhning organizm 
uchun eng muhim ahamiyati shundaki, u nafas olish jarayonlarida ishtirok 
etadigan karboangidraza fermentining tarkibiga kiradi. Ruh tuzlari gipofiz, 
me’da osti bezi, jinsiy bezlar gormonlarini aktivlashtiradi degan dalillar 
mavjud. Ion holatidagi ruh dipeptidaza fermentlarini aktivlashtiradi. 
Organizmdan ruh asosan axlat bilan chiqariladi.
Stronsiy va seziy. Srtonsiy kam miqdorda hayvon suyaklari tarkibida 
uchraydi. Hayvonlarda stronsiy yetishmaganda ularda stronsiyga aloqador 
raxit kasalligi paydo bo‘Iadi. Bu paytda hayvonlarning organizmida 
suyaklashish jarayonlari buziladi. Bu kasallikni D vitamin yordamida 
davolab bo‘lmaydi. Stronsiy va seziy atom portlashida atom yadrosininig 
parchalanishidan hosil bo‘iadigan mahsulotlar (radionuklidlar) sifatida 
keyingi vaqtlarda e’tibomi tortmoqda. Radiaktiv stronsiy (Sr-90) va 
radiaktiv seziy (Cs137) yadro bombasi portlaganda hosil bo‘lib, tuproqqa 
qo‘shiladi va undan yem-xashak orqali hayvonlarga o‘tib nur kasalligiga 
sabab bo‘liadi mumkin.
Brom. Hayvonlarning organizmida uncha ko‘p bo‘lmaydi. Bu 
element asosan gipofiz gormonlari tarkibiga kiradi. Bosh miya yarim 
sharlarining po‘stlog‘ida kuzatiladigan tormozlanish jarayonlariga ta’sir 
qiladi. Uyquga sabab boMadigan gormonlar tarkibida uchraydi.
Ftor. Suyak to‘qimasi va tish emalining tarkibiga kiradi. Ftoming 
yetishmasligi natijasida tish emali yemiriladi. Bundan tashqari, ftor ayrim 
fermentlaming ta’sir qilishiga to‘sqinlik qilib, modda almashinuvini 
pasaytirishi mumkin.

Download 14,15 Mb.
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   318




Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



i2 vitamin sintezlanadi. Hayvonlaming kobaltga boigan bir kecha kunduzlik  ehtiyoji l- 2

Download 14,15 Mb.
Pdf ko'rish