Jigarda va to‘qimalarda temir saqlanadi, suyaklarda
k a lsiy
va fosfor,
muskullarda esa kaliy saqlanadi.
Xloridlar, fosfatlar,
sulfatlar, karbonatlar va silikatlarning anionlari
va natriy, kaliy, kalsiy, temir, magniy va misning kationlari ancha jiddiy
ahamiyatga egadir. Bundan tashqari fosfor, oltingugurt, yod, rux, brom,
ftor organizmdagi barcha fiziologik jarayonlarni bajarilishida ishtirok
etadi.
Voyaga yetgan odamlaming
bir kecha-kunduzlik
mineral
moddalarga bo‘lgan talabi (grammda) Na-4-6, Ca-1 (homilador ayollar va
emizikli onalar -1,5-4), K-3-5 , P-1,5-2, S-l, Mg-0,5-0,7. erkaklar uchun
bir kecha-kunduzlik temirga bo‘lgan talabi - 0,9-1,2 mg, ayollar uchun
1,3-2,5 mg, homiladorlik paytida esa - 5 mg.ni tashkil etadi.
Fosfoming kalsiyga bo‘lgan nisbati 1,5;1,0 ga teng va bu nisbat
o‘zgarganida organizm tomonidan fosfoming o‘zlashtirilishi buziladi.
Jismoniy ish bajarganida sutkalik fosforga bo‘lgan talab 1,5-2 martagacha
ortadi va 3-4 g.yetadi.
Sitoplazmaning asosiy qismini tashkil qiluvchi mineral moddalar
makroelementlar (Na, Ca, P va boshqa.)
deb ataladi, juda kam miqdorda
saqlanuvchilami esa (foizning mingdan bir bo‘lagidan kam bo‘lgani)
mikroelementlar (Mn, Co, Zn, Br, J, Cr, Fp, mishyak, molibden, temir va
boshq.) deb yuritiladi.
Mikroelementlar organlarda notekis jamlanadi; masalan, mis-jigar va
qizil ilikda, xrom, marganes va brom-gipofizda, rux-asosan jinsiy bezlarda
gipofiz va me’daosti bezida, nikel - me’daosti bezida, kadmiy-buyrakda,
stronsiy-suyaklarda.
Mikroelementlar fermentlar, gormonlar va vitaminlarning tarkibiga
kirib ulaming ta’sirini kuchaytiradi. Rux-oqsillar almashinuvi fermentlari
va karbongidraza,
temir-nafas fermentlari, xrom-tripsin tarkibida bo‘ladi.
Kobalt - muskullar fermentlarini marganes - qon va to‘qimalar fosfata-
zasini faollashtiradi. Qalqonsimon bez gormonlarida yod, me’daosti bezi -
mx, qalqonsimon bez-brom ko‘p bo‘ladi. Vitamin B
12
tarkibiga
kobalt
kiradi. Marganes - B b mis - А, В, С, E, PP vitaminlarini faollashtiradi,
ovqat tarkibida mis katta miqdorda bo‘lsa vitamin B] ning ortishini ta’min
etadi.
Mikroelementlaming amaliy ahamiyati juda katta. Masalan, kobalt
homilaning rivojlanishiga va qon hosil bo‘lishi uchun zamr. Mis-
to‘qimalararo nafas olishda ishtirok etadi va hayvonlarni ko‘payishiga
ta’sir ko‘rsatadi. Kobalt qishloq xo‘jalik hayvonlarining go‘sht va jun
237
mahsuldorligini oshiradi. Har ikkala mikroelement ham asosan jigarda
saqlanadi.
Yosh bolalarning suyaklari va asab to‘qimalarini o‘sishi jarayonida
natriy, kaliy, kalsiy, fosforlardan foydalaniladi. Organizmni suyaklarini
o‘sishiga va hayvonlami ko‘payishi uchun marganes, eritrositlami hosil
bo‘lishi uchun temir va mis zarur.
Kobalt,
mis va rux kartoshka, karam (asosan rangli) osh lavlagi,
sabzi, otquloq, tuxum sarig‘ida, jigar, qoramol go'shti, seld, sudak, zagora
va cho‘rtan baliqlarda katta miqdorda saqlanadi. Malinada marganes,
o‘rikda- esa mis mavjuddir.
Turli hududlardagi geoximik zonalaming o‘simliklar ozuqalari va
suvlarida turli mikroelementlar saqlanadi. Shu sababli,
ulami ozuqalar va
suvlari miqdori mo‘’tadillashtirilishi va yetmagan qismi toidirilishi kerak.
Mikroelementlar organizmdan siydik, najas va ter bilan ajratiladi, shu
sababli bu yo‘qotishlaming organizmga tushayotgan miqdor bilan
tenglashishini ta’minlash kerak.
Noorganik birikmalarning yetishmasligi fiziologik funksiyalaming
buzilishiga va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan
ularning miqdori ortib ketganida ham organizm funksiyalarini buzilishi
mumkin, masalan, yosh bolalarning organizmiga katta miqdorda osh tuzini
kiritilishi tana haroratining ko‘tarilishini - tuzli isitmani chaqiradi.