F.Ya.Berenshteyn, Ya.M.Berzin va boshqalar ko‘p ish qiidilar. Ho/.irgi
vaqtda hamdo‘stlik mamlakatlari hududlarida mikroelementlar miqdori
aniqlanib, biogeokimyoviy zonalar belgilangan. Bu zonalarning qaysisida
qaysi mikroelementning qanchaligi o‘rganilgan. Ana shularga qaysi
hududning tuprog‘ida, suvida yoki o‘simliklari tarkibida, qaysi
mikroelement yetishmasa. shu mikroelement
hayvonlar organizmining
ehtiyojiga qarab qo‘shimcha ravishda beriladi. Hayot uchun zarur
ahamiyatga ega boTgan mikroelementlar qatoriga -temir, mis, marganets,
ruh, yod, ftor, brom, kobalt va boshqalar kiradi.
Temir. Organizmda benihoya katta ahamiyatga ega. Ozuqalar bilan
birga organizmga tushgan temir ikki valentli holida ichak devori orqali
qonga so‘riladi. Temir organizmda gemoglobin
bilan miogemOglobin
tarkibiga kiradi. Shuningdek katalaza, peroksidaza, sitoxrom oksidaza va
nafas olish jarayonlarida ishtirok etuvchi boshqa fermentlaming tarkibida
ham temir bo‘ladi. Organizmdagi ortiqcha temir ozuqalar bilan tushgan va
gemoglobinning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan temir organizmda to
unga
ehtiyoji tugllguncha jigarda, taloqda va ichak devorlarining shilliq
pardalarida ferritin shaklida jamg‘arilgan holatda saqlanadi. Ferritin temir
gidroksid bilan oqsil birikmasidir. Organizmda temir yetishmasa, yuqorida
qayd qilingan fermentlaming sintezlanishi buziladi. Tirik vazni 5-10kg
keladigan cho‘chqa bolalarining temirga boigan sutkalik ehtiyoji
20
mg.ga
teng. Ulaming yoshi kattalashib borgan sari temirga boigan ehtiyoji
kamayib boradi.
Mis. Organizmda qon va boshqa barcha to'qimalarda, jigarda va
taloqda esa bir oz zahira holda saqlanadi. Masalan, sigirlaming 1kg.
jigarida 30mg.gacha, buzoqlarnikida 45mg.gacha mis boiishi to‘g‘risida
ma’lumotlar bor.
Organizmda mis erkin, ya’ni ion holatda va ko‘proq
miqdorda oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Eritrotsitlaming
tarkibidagi oqsil gemodlobulinning tarkibida 0,34% gacha mis saqlanadi.
Keyingi ma’lumotlarga qaraganda, bu birikma misning alfa globulin bilan
hosil qilgan birikmasidir. Mis organizmda nafas olishda qatnashadigan bir
qator fermentlaming sintezlanishida ishtirok etadi. Shuning uchun ham
to‘qimalaming nafas olish jarayonlarida juda katta ahamiyatga ega. Mis
qon hosil boiish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Melanin pigmentining
sintezlanishi ham misning ishtirokisiz amalga oshmaydi.
Mis gipofiz
oldingi qismining gormonlarini faollashtirib, hayvonlarning ko‘payish
jarayonlarida ham katta ahamiyatkasb etadi. Nerv tizimining faoliyatida
ham misning ma’lum ahamiyati borligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Ozuqalaming tarkibida mis yetishmasligi qoramollarda lizuxa (yalash)
239
kasalligining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu kasallikda hayvonlar
o‘sishdan qolib, nerv, muskul, qon tomirlarining faoliyati buziladi.
Mahsuldorligi
kamayib, jinsiy
moyilligi
susayadi.
Qo‘zilarning
organizmida misning kamchiligi ularda enzootik ataksiya kasalligining
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hayvonlar
organizmining misga boigan
sutkalik ehtiyoji ularning temirga bo‘lgan ehtiyojiga nisbatan deyarli yetti
baravar kamdir.
Kobalt. Organizmda qon hosil bo‘lish jarayonlarida katta rol
o‘ynaydi. U antianemik modda vitamin B
12
ning tarkibiga kiradi.
Organizmning o‘sishiga, rivojlanishiga unda moddalar almashinuvining
kechishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda organizmda yurak-tomir
va nerv-endokrin tizimlarining faoliyatiga ta’sir qiladi.
Organizmdagi
barcha hujayra va to‘qimalar tarkibida kobalt bo‘ladi. Ichki sekretsiya
bezlarida (gipofiz, buyrak usti bezlari, me’da osti bezida), taloqda ko‘proq
to‘planadi. Organizmda kobalt yetishmasligi qo‘ylarda, echkilarda va
buzoqlarda “suxotka” akobaltizim kasalligi kelib chiqishiga sabab boiadi.
Hayvonlar yetarli miqdorda kobalt olib tursa, katta qorinda ko‘proq B