2
vitaminga organizm talabi qondirilmasa, unda xavfli infeksion
kamqonlik yuz beradi. Ozuqa tarkibidagi B
12
vitaminini me’daning pilorik
qismida hosil boiadigan mukoproteid oqsili aminopeptidaza ishtirokida
so‘riladi. Bu Kesla omili deb ham ataladi. Xavfli kamqonlik paytida bu
fermentning hosil boiishi buziladi, oqibatda B
12
vitamini ichaklar
devoridan qonga so‘rilmay qo‘yadi. Demak, bunga davo qilish uchun
vitaminni bevosita qonga yuborish zarur.
Vitamin-Bi5. (Pangamat kislota). 1961 yilda jigardan ajratib olingan.
Turli achitqilarda, sholi kepagida, o‘simlik urugiarida mavjud. Pangamat
kislota preparatlari tibbiyotda jigar, buyrak va tomir kasalliklarida, miya
qon tomirlarining sklerotik o‘zgarishlarida davolash uchun qoilaniladi.
Vitamin-C. (Askorbin kislota). Suvda va spirtda oson eruvchi rangsiz
kristallardir. Askorbin kislota o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. U
daraxtlaming ko‘k barglarida, karam, qalampirda, sitrus o‘simliklarda,
qora smorodinada ko‘proqdir. Kartoshka tarkibida bu vitamin kamroq
boiadi. С vitamin organizmda moddalar almashinuvi jarayonlarida, tomir
lar devorining oraliq moddasi-kollagen va prokollagenlaming sintezlani
shida ishtirok etadi. Shu bilan birgalikda organizmda biriktiruvchi
to‘qimaning, tish dentin moddasi, suyaklaming, tog‘aylaming hosil boiish
jarayonlarida ishtirok etadi . Hazm tizimi, jigar, qon tizimi, nerv va
endokrin tizimlarining faoliyati ham ma’lum darajada askorbin kislotaga
233
bog‘liq. Hayvonlarning katta qomi va yo‘g‘on Ichaklarida askorbin kislota
mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Shuning uchun ham hayvon
larda C-vitaminozi odatda kam uchraydi. Odamlarda askorbin kislotaning
yetishmasligi natijasida Cinga (lavsha) yoki skorbut deb ataladigan
kasallik kelib chiqishi ilgaridan ma’lum. Maymun va dengiz cho‘ch-
qalarini uzoq vaqt vitamin C-saqlamaydigan oziqalar bilan oziqlantiril-
ganda, tajribada Cinga kasalligini hosil qilish mumkin. Agarda dengiz
cho‘chqalari ikki-uch hafta davomida tarkibida vitamin С bo‘lmagan
ozuqa bilan boqilsa, ularning buglmlari shishadi, ular yonboshiga
orqasiga og‘anab yotib qoladi. Tish milklari shishib, qonaydi, tishlar
qimirlab qoladi, to‘kiladi va davolanmasa tez kunda o‘ladi.
Vitamin-P. (Rutin). 0 ‘tkazuvchanlik vitamini, yetishmasligi natijasi
da tomirlar murtlashib o‘tkazuvchanlik xususiyati oshadi. Natijada ozgina
ta’sirot ta’sirida ham tomirlardan qon kelaveradi. P-vitamini guruhiga
biologik ta’siri bir-biriga o‘xshash bir qator moddalar-flavon pigmentlari
kiradi. Ular ichida eng ahamiyatlisi rutindir. Bu modda odatda tabiiy
mahsulotlarda C-vitamin bilan birga uchraydi.
Jigaming
moddalar
almashinuvidagi
roli.
Jigar
moddalar
almashinuvida benihoya katta rol o‘ynaydi. Moddalar almashinuvida
jigarning ishtiroki bir qator usullar yordamida o‘rganiladi. Keng tarqalgan
usullardan biri Londonning angiostomiya usulidir. Bu usul shundan
iboratki, tajriba hayvonning darvoza va jigar venalariga, bulardan kerakli
vaqtda qon olib tekshirish uchun naycha-fistula o‘matiladi. Jigarga
kelayotgan va undan oqib chiqayotgan qonni tekshirish y o ii bilan u yoki
bu moddaning jigarda qanday o'zgarishlarga uchraganligini aniqlash
mumkin. Jigarning moddalar almashinuvidagi ishtirokini o‘rganish uchun
Ekka-Pavlov usulidan foydalaniladi. Bu usul dastawal Ekka tomonidan
taklif qilingan, keyinchalik Pavlov tomonidan mukammallashtirilgan.
Ekka-Pavlov usuli tajriba hayvonning qopqa venasini keyingi kovak
venasi bilan ulashdan iborat. So‘ngra qopqa venasi ulangan joyning
yuqorirog‘idan jigarga yetmasdan bo‘ylab qo‘yiladi. Shunday qilib, bu
operatsiya tufayli darvoza venasi qoni jigarga yetmasdan keyingi kovak
venaga qo‘yiladigan boiadi. Shu operatsiya hayvonning tezda o‘Iib
qolishiga sabab boiadi va jigaming moddalar almashinuvida juda katta
ahamiyati borligidan darak beradi. Operatsiya qilingan hayvonning halok
bolishiga sabab shuki, odatda normada ichaklarda oqsil va boshqa
moddalaming parchalanishi tufayli hosil boladigan turli xil zaharli
moddalar -indol, skatol, krezol, fenol va boshqalar qopqa venasi qoni bilan
jigarga kelib, u yerda sulfat va glyukoron kislotalar bilan birikadi va
234
zaharsizlantiriladi. Ekka-Pavlov operatsiyasida qopqa venasi qoni jigarga
yitmasdan, keyingi kovak venaga qo‘yiladigan joy dan bo‘lgani sababli,
qopqa venasi qoniga o‘tgan yuqoridagi zaharli moddalar zaharsizlanmay
qoladi. Oqibatda hayvon ularning ta’siridan tezda zaharlanib, halok
boiadi. Qayd qilinganlardan ko‘rinadiki, jigar ovqat hazm qilish tizimida
hosil boiadigan turli keraksiz, zaharli moddalarni zaharsizlantirib turadi
shu bilan organizmni zaharlanishdan himoya qiladi. Bu jigaming himoya,
ya’ni bar’yerlik vazifasidir, Jigar organizmda moddalar almashinuvining
barcha xillarida ishtirok qiladi. Jumladan, ichaklardan qopqa
venasi
qoniga so‘riladigan aminokislotalar, oqsillar boshqa mahsulotlarni,
monosaharidlar, yogiar, yog‘ kislotalari, glitserin dastlab jigarga
keltiriladi va bu yerda tegishli o‘zgarishlarga uchrab, parchalanish va
sintez jarayonlarda ishtirok etadi. Masalan, qopqa venasi qoni bilan
keltirilgan aminokislotalar va peptidlardan jigarda oqsil sintezlanadi. Qon
tarkibidagi albumin, globulin, fibrinogen oqsillarining m aium belgili
qismi jigarda sintezlanadi. Qonda erkin aminokislotalaming miqdori
kamayganda jigardagi oqsillaming bir qismi darhol parchalanib qonga
chiqariladi va shu bilan qondagi aminokislotalaming odatdagi miqdori
tiklanadi. Jigarda aminokislotalaming ma’lum qismi aminsizlanib ham
turadi. Oqibatda ammiak va ketokislotalar hosil boiadi. Ammiak shu
yerda mochevinaga aylanadi va siydik bilan tashqariga chgiqarib
yuboriladi. Ketokislotalar esa keyin organizmda yog‘ va uglevodlar
almashinuvida ishtirok etadi.
Jigarga keltirilayotgan monosaharidlar va turli yog‘ kislotalaridan,
glikogen sintezlanadi. Agarda qondagi qand miqdori kamayib qolsa,
glikogenning bir qismi darhol glyukozaga aylantirilib qonga chiqariladi,
oqibatda qondagi qand miqdori asliga keladi. Jigarda A,D vitaminlarii
ko‘p boiadi, A vitamin shu yerda karotindan hosil boiadi. Temir, mis,
marganets, ruh kabi mikroelementlar jigarda bir muncha yigilgan holda
turadi. Jigarda o‘t suyuqligi hosil boiib, eritrotsitlar parchalanadi.
Eritrotsitlar parchalanishi tufayli hosil boigan gem tarkibidagi temir keyin
ko‘mikda eritrotsitlarning hosil boiishida ishtirok etadi. Gemning temirsiz
qismidan shu yerda o ‘t pigmentlari hosil boiadi. Jigar embrional
taraqqiyot davrida qon hosil boiishida ishtirok etadi. Jumladan, bu davrda
jigarda eritrotsitlar va donali leykotsitlar hosil boiadi. Jigarda bir qator
gormonlar
-tiroksin,
insulin,
jinsiy
gormonlar,
vazopressin,
adrenokortikotrop gormonlari parchalanadi va katta miqdorda issiqlik hosil
boiadi. Shu bilan jigar organizmda issiqlik almashinuvida ham ishtirok
etadi.
235
VITAMINLAR, GORMONLAR VA FERMENTLARNING
0 ‘Z A R 0 ALOQASI
Vitaminlar, gormonlar va fermentlarning kimyoviy jihatdan
o‘xshashligi va ularning moddalar almashinuvida o ‘zaro aloqasini
mavjudligi aniqlangan. Vitaminlarning hosil boiishiga asab tizimi ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan, simpatik nervlar va adrenalin gormoni ishtirokida
to‘qimalarda birikkan holdagi askorbin kislotasi ajralib chiqadi.
Vitamin С
fosfor almashinuvida ishtirok etuvchi ferment-
fosfotazaning faollashishi uchun zarur. Bj vitaminidan uglevodlami
parchalanishida ishtirok etuvchi ferment hosil boisa, PP-vitamindan esa
to‘qimalarda oksidlovchi fermentlar hosil boiadi.
Vitaminlar bilan fermentlarning bir-biriga bogiiqligi moddalar
almashinuvida ulami muhim ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib beradi.
Ovqatlar tarkibida vitaminlarning boimasligi juda ko‘plab avita-
minozlarga xos boigan organizmda fermentlar hosil boiishini buzilishiga
olib keluvchi kasalliklar chaqiradi.
MINERAL MODDALAR ALMASHINUVI
Aralash holdagi hayvonot va o‘simliklar ozuqalaridagi (sabzavotlar,
mevalar, sut, go‘sht, tuxumlarda) mineral moddalaming miqdori organizni
talabini to iig ic h a qoplaydi. Bundan faqatgina osh tuzi mustasno, ya’ni
voyaga yetgan odamlar ovqatiga bir-kecha kunduzda o‘rtacha 10-15 g
qo‘shiladi.
|