|
barmoqlarining bukilishiga sabab bo‘ladi (oyoq kafti refleksi); chaqaloq Pdf ko'rish
|
bet | 240/318 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 14,15 Mb. | | #251148 |
Bog'liq G‘ofurov A.T., Fayzullayev S.S. Genetika va evolyutsion ta’limotbarmoqlarining bukilishiga sabab bo‘ladi (oyoq kafti refleksi); chaqaloq
bolaning og ‘ziga emchak solinganda u ema boshlaydi (emish refleksi) va
hakazo.
Bunday misollami juda ko‘plab keltirish mumkin, refleks y o ‘li bilan
so'lak, m e’da shirasi ajralishini, baqaning qomiga urilganda yuragi refleks
y o ‘li bilan to‘xtab qolishini avvalgi boblardan eslash kifoya.
В ulaming hammasida tuban darajadagi hayvonlarda ham, yuqori
darajadagi hayvonlarda ham aslida bir xil fiziologik mexanizmga ega
bo‘lgan hodisani ko‘ramiz, lekin yuqorida tasvir etilgan hollarda oxirgi
natija bir-biridan katta farq qiladi.
Barcha reflekslarda sezuvchi yoki markazga intiluvchi nervlarning
oxirlari, ya’ni retseptorlar ta’sirlanadi. Retseptorlarda kelib chiqqan
qo‘zg‘alish markazga intiluvchi nerv tolasi orqali markaziy asab tizimiga
boradi. Markazga intiluvchi nerv tolalari orqa miyadan tashqaridagi -
umurtqalararo teshiklarda joylashgan maxsus nerv tugunlaridagi nerv
hujayralarining uzun o ‘siqlaridir. Bu hujayralaming ikkinchi, kaltaroq
o ‘sig‘i orqa miyaga kiradi. Bu yerda qo‘zg ‘alish ikkinchi neyronga o ‘tadi.
Qo‘zg ‘alish orqa miyadagi harakatlantiruvchi hujayralarga o ‘tadi va
harakatlantiruvchi yoki markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga
kelib, ularni qisqartiradi yoki bo‘shashtiradi yoki boshqa organlarga borib
ulami faol holatga keltiradi.
Reflekslaming yuzaga chiqishida qo‘zg ‘alish o ‘tadigan y o ‘l reflektor
yoyi yoki refleks yoyi deb ataladi. Oddiy reflektor yoy chizma tarzida
tasavvur etilsa, u kamida ikki neyrondan - markazga intiluvchi va
markazdan qochuvchi neyrondan iborat b oiish i kerak. Ko‘pgina olimlar
markaziy asab tizimida shu ikki nerv hujayrasining o ‘rtasida yana bir
|
| |